Sport | 14:49 / 19.07.2019
8686
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» De Ligt taqdimotini o‘tkazdi

Foto: Juventus F.C

«Yuventus» 2018 yilda Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan Matteys de Ligt taqdimotini o‘tkazdi.

19 yoshli niderland Turinda ham Amsterdamdagi kabi 4-raqamda o‘ynaydi. Uning «Ayaks»dan transferi «bnyakoneri»ga kamida 75 mln yevroga tushdi. Bu miqdor bonuslar hisobiga 85,5 mln yevrogacha yetishi mumkin.

Bu narx Matteysni o‘smir yoshida eng katta pulga transfer qilingan futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa olib chiqadi. Undan oldinda faqat Kilian Mbappe («Monako»dan «PSJ»ga 180 mln yevro) va Joau Felish («Benfika»dan «Atletiko»ga 126 mln yevro) bor.

De Ligt «Yuventus» bilan 5 yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi va shu asosda u yiliga 12 mln yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, yulduz himoyachi kuni kecha «Ayaks» kanaliga bergan intervyusida «Yuventus»ni tanlashi sabablariga to‘xtalib o‘tgandi.

«Italyan jamoalarining himoya chizig‘i meni doim lol qoldirgan. Nesta, Maldini, Barezi, Shirea va Kannavaro kabi futbolchilar – mening kumirlarim qatoriga kiradi.

Bu qarorga kelishim oson bo‘lmadi. Menda bir nechta variant bor edi; qaysi jamoani o‘zim uchun eng yaxshisi deb hisoblagan bo‘lsam, shuni tanladim.

Qarorimga bir qator omillar ta'sir qildi. Ulardan biri – «Yuventus» rahbariyati men ularga kerakligimni va transferni maqsad qilib olishganini tushuntirib berishgandi», – degandi u.

Mavzuga oid