Markaziy bank qayta moliyalaş stavkasini yillik 16 foiz darajasida qoldirdi
|20:28 / 20.07.201913 9499 min
Foto: Markaziy bankFoto: Markaziy bank
Markaziy bank Boşqaruvining 2019 yil 20 iyuldagi qarori bilan qayta moliyalaş stavkasi yillik 16 foiz darajasida özgarişsiz qoldirildi.
Markaziy bank Boşqaruvining mazkur qarori iqtisodiyotda inflyatsion xatarlarning saqlanib qolayotganligi hamda kreditlar uçun resurslar manbalarini şakllantirişda davlat mablağlaridan an'anaviy bozor instrumentlariga ötiş zaruriyati yuzaga kelgan şaroitida banklardagi uzoq muddatli jamğarmalar va ular uluşining oşişi sur'atlarini mustahkamlaş vazifalaridan kelib çiqib qabul qilindi.
Joriy yilning I yarim yilligida avval e'lon qilingan ikkita press-relizlarda nazarda tutilgan ayrim inflyatsion xatarlarning yuzaga kela boşlaganligini inobatga olib, inflatsiya prognozi 13,5-15,5 foiz oraliğida özgarişsiz qoldirildi.
Inflatsiya va inflyatsion kutilmalar. Joriy yilning I yarim yilligida iste'mol narxlari oşişi 5,6 foizni taşkil etib, 2018 yilning mos davridagi körsatkiçdan 0,6 foiz bandga past böldi.
Inflatsiya asosan oziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning bozor narxlari oşişi ta'sirida şakllangan bölsa, ma'muriy tartibga solinadigan xizmatlar tariflari va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining yuqori darajada oşmaganligi inflatsiyaning keskin ösişining oldini oldi. Şu bilan birga, energiya resurslari tariflari oşirilişining oldin e'lon qilingan muddatga nisbatan keyinga qoldirilişi ham mazkur davrda inflatsiya darajasining kutilgandan past darajada şakllanişiga xizmat qildi.
Yillik hisobda inflatsiya darajasi 13,6 foizni taşkil etib, bazaviy prognoz koridorining quyi çegarasiga yaqin darajada saqlanib qoldi. Bunda, yillik inflatsiya darajasi oxirgi 5 oy davomida 13,5-13,7 foiz oraliğida saqlanib qoldi.
Iqtisodiyotda işlab çiqariş hajmlariga nisbatan kreditlar ajratiş va davlat xarajatlarining yuqoriroq sur'atlarda ösişi hisobiga içki narxlarga yalpi talab tomonidan bosimning ortişi, aholi daromadlari köpayişi hamda işlab çiqariş xarajatlarining oşişi ma'lum darajada inflatsiya darajasini pasaytiriş vazifasini qiyinlaştirmoqda.
Oziq-ovqat inflatsiyasi meva va sabzavot mahsulotlari narxlari özgarişini hisobga olmaganda aprel oyida özining eng yuqori darajasiga yetdi. Bunga narxlarning soliq tizimidagi özgarişlar hamda işlab çiqariş xarajatlarining oşişiga moslaşişi sabab böldi. Uşbu omillar ta'sirining sekin-asta kamayişi joriy yilning may-iyun oylarida mazkur mahsulotlar narxlari dinamikasining pasayişida öz aksini topdi.
Ayrim turdagi meva va sabzavotlar narxlarining ötgan davrda past bölganligi hisobiga 2019 yilning II çoragida ular narxlarining ösiş sur'ati tezlaşib, yillik inflatsiyaga oşiruvçi ta'sir körsatdi. Taqqoslaş uçun, 2018 yil II çoragida meva va sabzavot mahsulotlari narxlari 18,7 foizga pasaygan bölsa, joriy yilning II çoragida 8,1 foizga kamaydi.
Mavzuga oid
Mazkur davrda aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining inflyatsion kutilmalari, umuman olganda, pasayuvçi dinamikani namoyiş etdi. Yuridik şaxslarning inflyatsion kutilmalarida barqaror pasayiş trendi kuzatilgan bölsa, ayni vaqtda, jismoniy şaxslar kutilmalarida 2019 yil yanvar-aprel oylaridagi pasayişdan söng, oxirgi ikki oyda ösiş kuzatildi.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritişda, inflatsiya darajasini 2021 yilda bir xonali raqamgaça pasaytiriş vazifasidan kelib çiqadi. Bunda, bazaviy ssenariy böyiça 2020 yil uçun inflatsiya prognozini 10-12 foiz darajasida saqlab qoldi.
Kelajakda inflatsiya darajasini pasaytiriş vazifasi davlat xarajatlari va kreditlaş hajmlari ösiş sur'atlarini maqbullaştirişni talab etadi. Inflatsiya darajasini pasaytirişda yana bir muhim omil bölib, tarkibiy islohotlar, xususan soğlom raqobat şaroitlarini yaratiş, investitsion muhitni yaxşilaş yölidagi fundamental tösiqlarni olib taşlaş böyiça ta'sirçan çoralarning körilişi, infratuzilmani rivojlantiriş, davlat korxonalarini isloh qilişni öz vaqtida amalga oşiriş, olib borilayotgan soliq islohotlari samaradorligini oşiriş kabilar hisoblanadi.
2019 yil I yarim yilligida makroiqtisodiy şaroitlar asosan, ayrim xom-aşyo tovarlari eksporti uçun qulay bozor kon'yunkturasi hamda yalpi talabning yuqori ösiş sur'atlari ta'sirida şakllandi.
Mazkur davrda YaIM ösiş sur'ati 5,8 foizni taşkil etdi. Bunda, yuqori iqtisodiy faollik sanoat mahsulotlari işlab çiqariş (6,9 foiz), quriliş işlari (20 foiz) va xizmatlar sohasida (12,7 foiz) kuzatildi. Şuningdek, asosiy kapitalga investitsiyalar 58,9 foizga ösdi.
Özbekiston iqtisodiyotining joriy holati öziga xos hisoblanib, yillar davomida yiğilib kelgan investitsion “çanqoqlik”, ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarning keçiktirilganligi va iqtisodiyotni erkinlaştiriş bilan birgalikda bugungi kunda moliyaviy va investitsiyaviy resurslarga qöşimça talabni yaratmoqda. Bunda, iqtisodiyotni kreditlaş hajmining kengayişi hamda budjet xarajatlarining dastlabki közda tutilgan hajmlarga nisbatan yuqoriroq sur'atlarda ösişi 2019 yilning I yarim yilligida talabni oşiruvçi asosiy omillar böldi.
Uşbu davrda taşqi savdo balansining salbiy saldosi 2,8 mlrd. dollarni taşkil etdi va yil oxirigaça oşişi kutilmoqda. Taşqi savdo balansi taqçilligi joriy operatsiyalar balansining birlamçi va ikkilamçi hisoblari sof daromadlari hamda moliyaviy hisoblar evaziga qoplanişi kutilmoqda. Bu milliy valutaning almaşuv kursiga sezilarli bosim yaratmaydi.
2019 yil dastlabki yarim yilligida milliy valuta almaşuv kursi eksport tuşumlar va transçegaraviy pul ötkazmalari hisobiga içki valuta bozoriga xorijiy valutaning mö'tadil taklifi natijasida nisbatan barqaror böldi. Yil boşidan söm almaşuv kursi 2,7 foizga qadrsizlandi.
Iqtisodiyotda yalpi talabning sezilarli darajada oşişi 2019 yil yakuniga köra real YaIM ösiş sur'atining dastlabki prognozlarga nisbatan biroz tezlaşişiga xizmat qilişi mumkin.
Pul-kredit şaroitlari. Bank tizimida likvidlikning tarkibiy profitsit bilan şakllanişiga boğliq holda banklararo pul bozorida foiz stavkalari 13,7 foizdan 15,1 foizgaça oraliqda tebranib turdi. Iyul oyining ötgan davrida örtaça tortilgan foiz stavkasi 15,4 foizgaça kötarildi.
I yarim yillik yakunlari böyiça tijorat banklarining kredit qöyilmalari 23,4 foizga (38,6 trln. sömga) oşgan bölsa, yillik ösiş sur'ati prognoz körsatkiçlaridan 2 barobardan ziyodroq oşib, 52,8 foizgaça tezlaşdi. Bunda, milliy valutadagi kreditlar yil boşidan 22 foiz yoki 16,3 trln. sömga (2018 yilning mos davrida 37,4 foiz yoki 16,2 trln. söm), yillik hisobda esa 54,0 foizga köpaydi.
Kredit bozorining joriy segmentlaşgan holatida pul-kredit şaroitlari alohida qarzdorlar guruhi uçun turliça bölib qolmoqda. Pul-kredit siyosatining qat'iy şaroitlari bozor şartlarida kredit oluvçi biznes sub'yektlariga köproq sezilmoqda.
Tahlil qilinayotgan davrda muddatli depozitlar böyiça ijobiy real foiz stavkalari saqlanib qoldi. Aholi va xöjalik yurituvçi sub'yektlarning milliy valutadagi muddatli depozitlari 32,7 foizga oşib, ularning milliy valutadagi jami depozitlar tarkibidagi uluşi 32 foizga (2018 yilning mos davrida 21 foiz) yetdi.
Joriy holatda depozitlar böyiça yuqori foiz stavkalari pul-kredit şaroitlari bilan bir qatorda inflyatsion kutilmalar yuqoriligi bilan izohlanadi. Bu, öz navbatida, kreditlar böyiça foiz stavkalarining şakllanişiga ta'sir körsatadi.
Prognoz va asosiy xatarlar. Birinçi yarim yillikda inflatsiya darajasi prognoz koridorining quyi çegarasida şakllanişiga qaramasdan, pul-kredit siyosatining 2019 yil va 2020-2021 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlarining muqobil ssenariysida nazarda tutilgan ba'zi bir xatarlar hali ham saqlanib qolmoqda.
Xususan, energiya resurslari narxlarining bosqiçma-bosqiç erkinlaştirilişi, QQS böyiça imtiyozlarning bekor qilinişi, bojxona bojlari va tariflarini qayta körib çiqilişi mumkinligi, kreditlaşning jadal sur'atlari, inflyatsion kutilmalarning jilovlanmaganligi va ularning nisbatan yuqoriligi kabi omillar kelgusida qöşimça inflyatsion bosimning paydo bölişiga olib kelişi mumkin.
Markaziy bank yuqorida ta'kidlab ötilgan inflyatsion xatarlarning amalga oşiş ehtimolligini hisobga olib, 2019 yil oxiriga inflatsiya prognozini 13,5-15,5 foiz darajasida özgartirişsiz saqlab qolmoqda.
Bunda, 2019 yil III çoragida yillik inflatsiya darajasi energiya resurslari tariflari, iş haqi va pensiya tölovlarining kutilayotgan oşirilişi natijasida joriy körsatkiçlarga nisbatan biroz yuqori bölişi mumkin. Lekin, 2019 yilning IV çoragida tartibga solinadigan narxlar oşirilişining yillik inflatsiyaga ta'siri kamayib, inflatsiyaning prognoz körsatkiçlari doirasida bölişiga yordam beradi.
Budjet xarajatlarini maqbullaştiriş zaruriyatining yuzaga kelişi şaroitida banklarni öz resurs bazasini şakllantirişda markazlaşgan resurslardan an'anaviy bozor instrumentlariga yönaltirişni rağbatlantiriş talab etiladi. Bu, öz navbatida, pul-kredit siyosatining keyingi davrdagi yönalişini belgilaşda inobatga olib boriladi.
Kelgusida Markaziy bank inflatsiyaning içki va taşqi omillari ta'sirini, iqtisodiyot holatini diqqat bilan kuzatib boradi, banklarning moliyaviy barqarorligi monitoringini amalga oşiradi hamda iqtisodiyotda noaniqliklar va tarkibiy şoklarning bosqiçma-bosqiç kamayişidan kelib çiqib tegişli çoralar körib boradi.