Hongkong politsiyasi ommaviy namoyişlar arafasida yirik miqdordagi portlovçi moddalarni musodara qildi, deb xabar berdi CNN telekanali.

Xabarda aytilişiça, Tsuyen Van sanoat rayonida qölbola bomba tayyorlaşi taxmin qilingan fabrikaga reyd uyuştirilgan. Politsiyaçilar reyd davomida ikki kilo portlovçi modda, önta benzinli bomba, yemiruvçi suyuqliklar va qurollar topişgan. Politsiya 27 yoşli erkakni qölga olgan.

Uşbu portlovçi moddalar navbatdagi ommaviy namoyişlar arafasida topilgan.  

Keyingi vaqtda şahar aholisi Xitoyga ekstraditsiya qiliş töğrisidagi qonunga qarşi norozilik namoyişlari ötkazmoqda.