Adliya vazirligi ko‘chmas mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha aksiya doirasida 2 586ta murojaat kelib tushgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil may-iyun oylarida fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida murojaatlarni alohida qabul qilish va ko‘rib chiqish bo‘yicha aksiya e'lon qilingan edi.
Aksiya davomida fuqarolarning ko‘chmas mulklarini tasarruf etishni cheklashda, buzilgan ko‘chmas mulk uchun kompensatsiya to‘lashda, kadastr hujjatlari rasmiylashtirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va boshqa masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan aksiya doirasida 2 586ta murojaat kelib tushdi. Ularning ko‘p qismi joyida hal qilindi va qanoatlantirildi.
Murojaatlarning tahlili fuqarolarni asosan noqonuniy qurilgan uy-joyga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish masalasi qiynayotganini ko‘rsatdi.
Bu borada Adliya vazirligi tomonidan Hukumatga takliflar kiritildi, natijada Hukumat tomonidan tegishli hujjat qabul qilinib, fuqarolarni qiynayotgan ushbu masalani yechish bo‘yicha aniq mexanizmli qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab berildi.
Aytish joizki, bunday muammolarning kelib chiqishiga tegishli davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining mas'uliyatsizligi bilan bir qatorda bevosita fuqarolar tomonidan arizalar kech va hujjatlar kamchilik bilan taqdim etilishi sabab bo‘lgani aniqlandi.
Hozirda ushbu sohada murojaat etgan fuqarolarning masalalari ijobiy hal etilib, yakuniy ishlar olib borilmoqda.
Aholini qiynayotgan keyingi masala bu – yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar o‘rnatilgan tartibda qoplanmayotganidir.
Mazkur masalada eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri hamda Toshkent va Namangan viloyatlariga, eng kam qismi esa Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keldi.
Aksiya doirasida 2018 yil hamda 2019 yining birinchi yarmida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari hamda shu munosabat bilan buzilgan qurilish obektlarining pasporti shakllantirildi.
Bu yo‘nalishda 846ta holatda















