22 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayev iştirokida «Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, şuningdek, iste'mol savatçasi hisobi hamda tirikçilik uçun zarur eng kam miqdor» mavzusida OAV vakillari bilan muloqot bölib ötdi.

Garçi anjuman mavzusida bu alohida örin tutgan bölsada, vazir özining asosiy nutqida iste'mol savatçasi töğrisida umuman töxtalmadi. Ammo jurnalistlarning qator savollari aynan mana şu masalaga qaratildi.

Botir Xöjayevning ma'lum qilişiça, iste'mol savatçasi dunyo iqtisodiyotida amal qilinişi majburiy körsatkiç emas.

«Özbekistonda iste'mol savatçasi degan tuşunçani joriy qiliş taxminan 2021 yillarga möljallanmoqda. Hozir ham iste'mol savatçasi va yaşaş uçun eng kam miqdor tuşunçalari test tizimida sinab körilmoqda va sörovnomalarga köra ular 650 ming va 800 ming sömni taşkil qiladi», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Iqtisodiyotga oid muammolarga töxtalarkan vazir şunday ma'lumotlarni keltirdi: «20 mingdan ortiq korxona öz loyiha quvvati darajasida işlamayapti, 2800tasida esa işlab çiqariş umuman töxtagan. Holbuki rejamizga köra 2030 yilga kelib sanoat salmoği 5 barobar oşişi kerak. Bunda ösiş 30 foiz oziq ovqat, 30 foiz nooziqovqat mahsulotlari, 40 foiz xizmatlar uluşiga töğri kelişi lozim. Yana bir muammomiz işlab çiqarişda energiya sarfi juda yuqori, rivojlangan davlatlarga nisbatan 3 barobargaça baland».