“Respublikamiz böyiça “Temir daftar”larga kiritilgan har bir oilalarni kambağallikdan çiqariş borasida mutlaq yangi mexanizmlar joriy etiladi. Ya'ni, kasb-hunarga örgatiş böyiça mingdan ortiq öquv markazlari taşkil qilinadi. Qarang, öquv kurslariga kelgan har bir fuqaroga bir million sömdan subsidiya ajratilar ekan. Bu maqsadga davlat budjetidan örtaça 100 milliard söm mablağ ajratiladi. Yana bir tomoni har bir öquv kursini bitirgan tinglovçilarga tadbirkorlikka yönaltirilgan uskunalarni xarid qiliş uçun örtaça 7 million sömgaça subsidiya beriladi. Endi öylab köraylik, qaçon hunar örganib, iş boşlaş uçun bunday real imkoniyatlar bölgan?” deydi O‘.Örozboyev.
Özbekistonda «iste'mol savatçasi» nega qabul qilinmayapti?
Eslatib ötamiz, prezidentning 2018 yil 22 yanvardagi farmonida 2018 yilning 1 iyulidan Özbekistonda «Iste'mol savatçasi» tuşunçasini huquqiy jihatdan tartibga soliş belgilangandi.
2019 yil yozida sobiq Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayev Özbekistonda “iste'mol savatçasi”ning taxminiy miqdori 650 ming söm ekani haqida aytib ötgandi.
2019 yil noyabr oyida prezident ötkazgan yiğilişda iste'mol savati va yaşaş minimumi haligaça joriy etilmagani tanqid qilingandi.
2020 yil 3 iyun kuni prezident iştirokidagi videoselektorda boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov va Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulovga joriy yilning 1 oktyabriga qadar yaşaş minimumi va minimal “iste'mol savatçasi”ning huquqiy asoslarini işlab çiqiş vazifasi qöyilgandi.
Ammo, şularga qaramay, “iste'mol savatçasi”ning huquqiy asoslari işlab çiqilmadi.











