Ukrainaga tegişli “Ivan Golubets” okean trauleri bortida uzoq davom etgan yonğindan keyin Mavritaniya sohillari yaqinida çökib ketdi. Bu haqda 22 iyulda Facebook’da Ukraina prezidentining Qrimdagi sobiq vakili Boris Babin ma'lum qildi.
Babinning ma'lum qilişiça, baliq ovlovçi kema 21 iyulda okeanda çökib ketgan. Kema bortida 90 kişi bölgan, ulardan ikki nafari halok bölgan.
“Kemaning voqea oldidan tuşunarsiz xatti-harakatlari, avtomatik identifikatsiya tizimi öçirilişi va jamoaning kemani qutqariş vaqtidagi ğalati harakatlari mutaxassislarga kema tryumlarida baliqdan taşqari, yana qiziqroq nimadir bölganini taxmin qilişga imkon bermoqda. Birovga yaxşisi körsatmagan ma'qul bölgan nimadir”, deb qöşimça qilgan Babin.
Kema Ukraina davlat kompaniyasiga tegişli bölib, latviyalik tadbirkor tomonidan boşqarilgan. Bu kema Ukrainaga tegişli 4 ta okean kemasidan biri bölgan. Bu kemalarda tarixan Yangi Zelandiya hududida baliq ovlangan. 3 yil avval “Ivan Golubets”ning joyi özgartirilib, u Mavritaniya hududiga ötkazilgan.












