Bugun, 22 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayev iştirokida OAV vakillari bilan muloqot bölib ötdi.
Tadbir davomida jurnalistlar vazir Botir Xöjayevdan yuqori darajadagi inflatsiya tufayli denominatsiya (pul qiymatini kiçraytiriş, hisob-kitobni soddalaştiriş uçun bir neça nollarni olib taşlaş - tahr.) rejalaştirilayotgani yoki yöqligi haqida söraldi.
«Denominatsiya masalasi Markaziy Bank vakolatida. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining bunga aloqasi yöq.
Inflatsiyaga kelsak, bizda inflatsiya darajasi yuqori emas (şu örinda Repost.uz naşri muxbiri inflatsiya darajasi 10 foizdan oşişi yuqori hisoblanişini eslatdi).
Töğri, inflatsiya yuqori, lekin bizdan ham yuqori davlatlar ham bor – masalan Venesuela. Bizda inflatsiyaning asosiy sababçisi sömning devalvatsiyasi. Şunga qaramay biz inflatsiya darajasini tuşiriş ustida işlayapmiz», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uçun, Venesuela iqtisodi qatorasiga oltinçi yil qulaşni boşdan keçirmoqda. Ahvol avvalgi holatiga qaytişiga umid yöq. Mamlakatning taşqi qarzi 100 milliard dollarga yetgan, valutaning yagona manbai bölmiş neft qazib oliş hajmi esa yildan yilga pasaymoqda.
Ötgan yilda Venesuelada inflatsiya 1 million foizni taşkil etib, 1920-yillardagi Veymar respublikasi hamda 2000-yillardagi Zimbabvening natijalari yangilandi.
Giperinflatsiya tibbiy xizmat, energiya ta'minoti, içimlik suvi ta'minoti, transport sohalarida ham vaziyatni keskin yomonlaştirgan, oziq-ovqat mahsulotlari taqçilligi yuzaga kelgan.













