Toşkent şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Elbek Şukurov Kun.uzʼga bergan intervyusida poytaxtdagi ijtimoiy munosabatlar, xususan ta'lim va soğliqni saqlaş tizimidagi masalalar haqida batafsil ma'lumot berdi.

— Toşkent şahri alohida xususiyatga ega, u nafaqat poytaxt, şahar-tuman sifatida boşqa viloyatlardan farqli jihati bor. Aholisi ham boşqa hududlarga qaraganda köproq. Şu jihatdan ijtimoiy masalalarni kötariş şahar-tuman miqyosida qiyinçilik tuğdirmaydimi?

─ Albatta, buning öziga yaraşa qiyinçiligi bor. Toşkentda boşqa viloyatdagi hamkasblarimga qaraganda qiyinroq, desam ham notöğri böladi. Çunki har bir hududning öziga xos xususiyatlari bor. Tumanlarning ham öziga yaraşa xususiyatlari bor. Şu jihatlarni ham faoliyat davomida inobatga oliş kerak. Misol uçun, Yunusobod, Mirzo Uluğbek tumanlarida köp millatli aholi bölganligi uçun şu hududlarda aholining ta'limga, ijtimoiy masalalarga qaraşi sal boşqaçaroq bölişi mumkin. Şayxontohur, Uçtepa, Olmazor tumanlarida mahalliy aholi köproq bölgani uçun u yerda muhit boşqaça. 

Bugungi kunda poytaxt aholisining ziçligi, aholining talabi yuqoriligi, qonunçilik bilan yaqindan tanişligi, aholi savodxonligining yuqoriligi ham muhim rol öynaydi. Şuning uçun yildan yilga aholining ehtiyojni qondiriş qiyinroq bölişi mumkin.

─ Boşqa hududlarda yozgi yoki qişki mavsumda asosiy primitv muammolar, gaz, energiya, suv muammosi yoki boşqa xizmatlarning körsatilişidan norozilik kuzatiladi. Sizning hududingizda ijtimoiy masalalarni amalga oşirişda qanaqa muammolar köproq közga taşlanadi?

─ Ma'lum vaqt avval şu masalalar bizda ham bölgan bölsa, hozirda aholining talabi sifat masalasida kuçayib bormoqda. Masalan, maktablarning haddan taşqari koeffitsiyenti oşib ketgan holatlari mavjud. Ba'zi hududlarda 1000 öringa 2000 öquvçi öqiyotgan holatlar bor. Uning yonidagi maktabda esa koeffitsiyent past, 1000 örinda 700 nafar öquvçi öqiyotgan bölişi mumkin. Köp odamlar tomonidan bu maktabda sifat yaxşiroq degan narsalarni eşitamiz. Kundalik maişiy muammolardan köra köproq aholi sifatga diqqatini qarata boşladi. Barça ta'lim yönalişlarida xususiy sektorning kirib borişi ularning özaro raqobatini ham şakllantiryapti, davlat ta'lim muassasalarida ham raqobatçi bölyapti. Qaysi maktabda sifatning qandayligi körinib qolyapti. Sifat jihatdan farq bölişi mumkin, lekin aynan bugungi kunda koeffitsiyent oşib ketgan maktablarda sifat yaxşi degan stereotip bor. Bu köplab yillar davomida odamlarda tarqalgan ma'lumot.