AQŞ federal savdo komissiyasi (Federal Trade Commission, FTC) foydalanuvçilar ma'lumotlari marketing maqsadlarida foydalaniş uçun begona kompaniyaga berilgani uçun Facebook kompaniyasiga 5 mlrd dollar jarima soldi. Bu haqda komissiya saytida e'lon qilingan qarorda aytilmoqda.

"Facebook rekord miqdordagi 5 mlrd dollar jarima tölaydi va uning korporativ tuzilmasiga nisbatan yangi çeklov va özgartirişlar joriy etiladi, öz foydalanuvçilarining ma'lumotlarini saqlaş borasida kompaniya zimmasiga mas'uliyat yuklatiladi", - deyiladi qarorda.

2018 yil martda The New York Times gazetasi hozirda yopilib ketgan Cambridge Analytica kompaniyasi ijtimoiy tarmoqning 87 mln foydalanuvçisi haqidagi ma'lumotlarni qölga kiritganini xabar qilgandi.