Xitoyning jamoat xavfsizligi vazirligi jiddiy jinoyatlarda gumon qilinayotgan A sinfidagi 50 qoçoq jinoyatçi uçun mukofot puli e'lon qildi.

Vazirlikda jamoatçilik uşbu jinoyatçilarning qayerdaligi borasidagi barça ma'lumotlar bilan bölişişga çaqirilgan. Befarq bölmagan fuqarolarga har bir tutilgan qoçoq uçun 100 ming yuan (14,5 ming dollar) miqdorida mukofot puli va'da qilingan.

Vazirlik, şuningdek, jinoyatlar sodir etişda gumon qilinayotganlar va firibgarlarni uşlaş böyiça umummilliy kampaniyani boşlagan. Uşbu kampaniya 14 iyundan 31 oktyabrgaça davom etadi.

Hozirga kelib operatsiya davomida 57106 qoçoq, jumladan jiddiy jinoyatlarga aloqador 7266 nafar jinoyatçi uşlangan. Umumiy hisobda 5 yildan beri qoçoqlikda yurgan 1350 kişi, 10 yil va undan köproq vaqtdan beri qoçoqlikda yurgan 345 kişi qölga olingan.