Jamiyat | 17:05 / 26.07.2019
10713
1 daqiqa o‘qiladi
Yarim kilogrammga yaqin quyma tillalarni tanasiga yashirib olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.X.ning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Ushbu shaxs xolislar ishtirokida skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda u quyma tilla bo‘laklarini o‘z tanasiga berkitib olganligi aniqlandi.
Natijada, fuqaro G.X.dan yashirincha olib o‘tishga uringan jami 434,6 grammni tashkil etuvchi 14 dona dumaloq shakldagi quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.