25 iyul kuni Liviya qirğoqlarida 150ga yaqin kişi kema orqali Örta yer dengizini kesib ötib, Yevropaga yetib oliş ilinjidagi uriniş çoğida halok böldi. Bu xabarni BMT Qoçoqlar agentligi (UNHCR) tasdiqladi. Aslida, 300 atrofidagi kişi mamlakat poytaxti Tripolidan 80 km şarqda joylaşgan Xums port şahridan dengizni Yevropa tomon kesib ötişga uringan, deya ma'lum qilgan UNHCR matbuot kotibi Charlie Yaxley.
Biroq, migrantlar bilan suzayotgan kema Liviya qirğoqlarini tark etişga ulgurmasdanoq halokatga uçragan. Ayrim yölovçilar mahalliy baliqçilar tomonidan qutqarilgan, ularga keyinçalik Liviya qirğoq qöriqlaş xizmati yordamga yetib kelgan.
Qutqarilgan migrantlar Tripolidan 100 km şarqda ötirişibdi
«Joriy yilning şu davrigaça 600dan ortiq inson Örta yer dengizida hayotdan köz yumdi, - degan Yaxley. – Agar bu kabi holatlar şu tarzda davom etsa, oltinçi yildirki, har yili 1000dan ortiq inson uşbu dengizda umrini yöqotgan böladi».









