Yevropa Ittifoqi boşpana söraganlarni ularning hayoti yoki ozodligiga xavf tuğdiradigan mamlakatga çiqarib yoki qaytarib yuborişni taqiqlaydigan BMTning Qoçoqlar maqomi töğrisidagi konvensiyasini qayta körib çiqmoqçi, deb yozadi The Times.
Konvensiya 1951 yilda qabul qilingan bölib, dunyoning 144 ta mamlakati uni imzolagan. Oxirgi yillarda boşpana sörovçilarni qaytarib yubormaslik prinsipi tobora köproq şubha ostiga olinmoqda, çunki Yevropa davlatlari qoçoq maqomini beriş töğrisidagi arizalar oqimiga bazör doş bermoqda.
Naşr ma’lumotlariga köra, 2024 yilda YeI davlatlari boşpana sörab yöllangan milliondan ortiq murojaatni qabul qilgan, aholining mazkur tizimdan noroziligi butun Yevropadagi milliatçilar va radikal-populist partiyalarining pozitsiyalarini mustahkamlagan.
The Times öz maqolasida Polşa tayyorlagan va allaqaçon YeI içki işlar vazirlari bilan muhokama qilgan diplomatik hujjatdan iqtibos keltiradi. Maqolada uşbu masala qançalik çuqur muhokama qilinayotganini anglab bölmaydi. Şu bilan birga gazetaning ta’kidlaşiça, mazkur hujjat boşpana uçun rad javobini olganlar, şuningdek, jinoyat sodir etgan qoçoqlar va boşqa migrantlarning deportatsiyasini tezlaştirişga oid taşabbuslardan darak beradi.
Hujjatda YeIga a’zo davlatlar hukumatlari konvensiya nizomi uni imzolagan mamlakatlarga «faqat favqulodda vaziyatlarda» boşpana taqdim etişni çeklaş imkonini berişidan xavotirda ekani, bu esa «yangi voqeliklar»ga zidligi keltirilgan. Bundan taşqari, hujjat mualliflarining ta’kidlaşiça, Yevropa davlatlarining köproq muhojirlarni qabul qiliş imkoniyati ayrim xorijliklar «jamiyatga qöşilişga intilmayotgan» vaziyatlarda murakkablaşmoqda.
«Biz duç kelayotgan muammolar doirasini kengroq körib çiqişimiz kerak. Xalqaro himoya uçun arizalarni qabul qiliş va [qoçoqlarni] çiqarib yubormaslik tamoyiliga rioya qilişning muqobil variantlari yöqligi, albatta, çuqur muhokamani talab qiladi», — deyiladi xabarda.









