«Özbekiston temir yöllari» AJda Mabetex Group tarkibiga kiruvçi B&A Contractors SA va IT Engineering SA kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda «Toşkent-Şarqiy aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksini quriş» loyihasi doirasidagi «Terminal-2»ni barpo etişda hamkorlikda iş olib boriş, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalaniş masalasida söz yuritildi. Xususan, soatiga 1000 yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega tadbirkor va işbilarmon doira vakillari uçun zamonaviy kompleks (Terminal-2)ni loyihalaştiriş va quriş uçun şartnoma imzolandi.

Yangi terminalning loyihasi «Humo» quşi şaklida işlab çiqarilgan bölib, mutaxassislar terminalning funksional maqsadi, yaratiladigan şaroit va qulayliklarga alohida e'tibor qaratişgan. Loyihada Terminal-2 binosi barça klass (VIP va CIP)dagi yölovçilarga xizmat körsatişi inobatga olingan.

Funksional maqsad va rejalaştiriş yeçimi Özbekiston Respublikasi hududidagi amaldagi me'yorlar va standartlarga, şuningdek IATA va ICAO xalqaro talablariga muvofiq işlab çiqilgan.
2-terminal binosi uç qavatdan iborat. Inşootning umumiy zalida restoranlar, çakana savdo dökonlari va ma'lumot punktlari, aviakassalar, valuta ayirboşlaş şoxobçalari va boşqalar örin olgan. Yölovçilarni kutiş zalida Duty free dökonlari va restoranlari mavjud.
Yangi terminal xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy muhandislik va texnologik uskunalar bilan jihozlanadi: yuklarni qabul qilişning avtomatlaştirilgan tizimi, öz-özini nazorat qiliş peş taxtalari, tekşirişning maxsus texnik vositalari, maxsus terminallarni boşqariş tizimi, teleskopik narvonlar, samolyotlarning avtoturargoh tizimi, ma'lumot taxtalari va boşqalar.
Zamonaviy majmua qurilişi ikki yil içida amalga oşiriladi, uni 2021 yil sentyabrda yakunlaş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, hozirda majmuaning uçiş-qöniş yölaklarini barpo etişda beton işlari amalga oşirilmoqda. Xususan, aeroport 1-yölagining 2-qatlamini quriş işlari Germaniyaning WIRTGEN nomi ostida işlab çiqarilgan maşinasi yordamida bajarilyapti.












