2019 yil may-iyun oylarida Xorazm viloyati, Urganç şahri Aşxobod köçasidagi yerlarni davlat ehtiyoji uçun qaytarilişi munosabati bilan buzib oliş va odamlarni köçiriş işlari boşlandi.

Urganç şahrining boş rejasiga asosan Aşxobod mahallasi sanoat mintaqasi hududi hisoblanadi. Bu yerga 50-60 yil avval aholi köçib kelib, uy-joy qurib, örnaşib qolgan. Hozirda 400ga yaqin xonadonda yaşovçi aholining uy-joylari buzib olinib, Urganç tumani Çondirqiyot qişloğidan yer ajratib berilgan va töliq köçirib yuborilgan.

Biroq, xonadon egalarining ba'zilariga kompensatsiya puli qisman bölsa-da berilmadi. Natijada, aholi va şahar hokimligi örtasida katta mojaro kelib çiqdi. Bu haqda «Oçiq osmon ostida yaşayotgan xorazmliklar. Şahar hududida «snos» işlari avjiga çiqmoqda» degan maqolamizda yoritgan edik.

26 iyul kuni Çondirqiyot qişloği hududiga köçirib yuborilgan va dalada palatka va çartak (kapa) qurib yaşayotgan, ammo 1-2 oydan beri kompensatsiya pulini ololmayotgan aholining sabr kosasi tölgan. Şu kuni soat taxminan 21:00da ular Urganç – Xonqa yölining qatnov qismini tösişdi.

Natijada, bir neça soat davomida katta qatnov yölidan avtomobillar harakati töxtab qoldi.

Mojaroning kelib çiqişi kompensatsiya pulining berilmasligi, berilsa ham uning miqdori juda oz bölgani bilan boğliq. Gap şundaki, 26 iyul kuni Milliy Bank tomonidan bu fuqarolarga kompensatsiya puli tarqatila boşlagan. Biroq, uning miqdori kelişuv şartnomasida körsatilgan qiymatning atigi 8 foizi ekani ma'lum bölganidan söng, aholi orasida norozilik kayfiyati kuçaygan. Çunki fuqarolar va Urganç şahar hokimligi örtasida tuzilgan kelişuv şartnomasida kompensatsiya puli ikki qismga bölinib (50 foizdan) tölanişi belgilangan edi.

Kompensatsiya pulining dastlabki qismi juda oz miqdorda ekani odamlarni norozi qilgan. Ular Urganç şahar hokimi Şuhrat Abdullayevning kelişini, kelişuv şartnomasiga amal etişini talab qila boşlaganlar. Tartibsizliklar natijasida quriliş ketayotgan hududda örnatilgan va böş turgan bir neça palatkalar buzib taşlangan. Şundan söng, Urganç – Xonqa yölining bir qismi odamlar tomonidan tösilgan.