Rossiya hukumati uchun Moskva shahar kengashi deputatlari saylovini o‘tkazish qimmatga tushmoqda. Shanba kuni yuz bergan hodisalar to‘lqinida mingga yaqin kishi qo‘lga olingani aytilmoqda. Unda qon to‘kildi, aksiya ishtirokchilari va davlat organi vakillari kaltaklandi. Bu nega yuz berdi? Undan ham asosiy savol: bu yana yuz beradimi?
Toki hukumat tizimli uyushmagan muxolifatning saylovda ishtirok etish imkoniyatini yo‘qqa chiqararkan, bu yana davom etishi mumkin.
Inqirozning boshlanishi

Shahar kengashi deputatligi uchun o‘tgan saylov atrofidagi inqiroz kutilgandek rivojlanmoqda. Negaki, saylovni o‘tkazishga mas'ul komissiya uyushmagan muxolifat vakillari, xususan mustaqil nomzodlar siyosiy poygada ishtirok etishini yoqlamadi. Komissiya turli vajlar, jumladan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchilar imzosi to‘plangan varaqlarga putur yetganini aytdi. Haqiqiy imzolar soxta, deb topilgan vaziyatlar ham kuzatildi. Vaholanki, bularga oydinlik kirituvchi ekspertiza xulosasi shaffof bo‘lmagani iddao qilindi.
Tarafkashlar 20 iyul kuni ruxsat etilgan mitingni tashkil etdi. Ro‘yxatga olinmagan nomzodlar va ovoz beruvchilar uchrashuviga rasmiy hokimiyat jim qarab turmadi. Muxolifat yetakchilari qo‘noqlarida tungi tintuvlar boshlandi, namoyishkorona xalqni qo‘rqitish usuli tanlandi. Shanba kuni yana miting start oldi va qo‘lga olishlar davom etdi. Tergov qo‘mitasi kamdan-kam qo‘llangan jinoyat kodeksining bir moddasiga murojaat qildi: qo‘lga olinganlarning ayrimlari saylov komissiyasi ishiga bosim o‘tkazishga urinish bilan ayblandi.

















