Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boşqarmasi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan, deb xabar bermoqda Boş prokuratura matbuot xizmati.
Unda Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tumani, Nov qişloq vraçlik punkti şifokori A.Q. fuqaro I.A.ni tanişlari orqali Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritib qöyiş evaziga Toşkent şahar, Olmazor tumani, Şifokorlar köçasida firibgarlik yöli bilan 25 000 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi kabi turli noqonuniy yöllar bilan öqişga kiritişga va'da berib, tamagirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor şaxslarga duç kelsangiz, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tun-u kun işlovçi işonç telefonlariga murojaat etişingizni söraymiz”, - deyiladi mahkama xabarida.












