Özbekistonning Istanbul şahridagi (Turkiya) Boş konsulxonasi ma'lumotlariga köra, 2019 yil 28 iyul kuni Samatya Hastenesi tibbiyot muassasasida Özbekiston fuqarosi X.M. vafot etdi. Bu ayol baxsiz hodisadan keyin kasalxonaga yotqizilgan edi.

TIV xabariga köra, şu kunning özida uşbu kasalxonada Istanbul şahri tumanlaridan biridagi voqea natijasida piçoq yaralari bilan kasalxonaga yotqizilgan boşqa bir Özbekiston fuqarosi N.Z. halok bölgani ma'lum qilindi.

Uşbu voqealar asosida Turkiya huquqni himoya qiliş organlari tomonidan tergov işlari boşlangan.

Boş konsulxona uşbu holatlarni nazoratga olgan va halok bölganlarning qarindoşlariga konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilişda yordam bermoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning qarindoşlari va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va Turkiya, Bolgariya, Ruminiyada bölgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi bilan +90-212-323-20-37, +90-212-229-00-75 telefon raqamlari orqali boğlaniş mumkinligini eslatgan.