Şu yil 27 iyunda imzolangan «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlaş hamda davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bağişlangan videoselektorda Boş vazir Abdulla Aripov tonirovka masalasida ham gapirdi.

Boş vazir aholi tomonidan turli munosabatlarga sabab bölgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar haqda ham töxtalarkan, avtomobillarning kunduz kuni çiroq yoqib yurişi haqidagi qoidani eslatib, jamoatçilik fikri inobatga olingan holda tartib özgartirilganiga e'tibor qaratdi. Şuningdek, «tonirovka» masalasini esga oldi.

«Bundan taşqari, erta-indin eşitasizlar, «tonirovka» böyiça ham tegişli qarorga qöl qöydik. Yaxşi xuşxabar, öylaymanki, xalqimiz tomonidan ijobiy kutib olinadi», deya hukumat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, hukumatning 2018 yil 18 iyuldagi «Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq 2018 yil 1 avgustdan boşlab, jismoniy va yuridik şaxslarga tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanişga ruxsat berildi. 

Tölov 1 yil muddatga jismoniy şaxslar uçun — eng kam oylik iş haqining 90 baravari (18 245 700 söm), yuridik şaxslar uçun — eng kam oylik iş haqining 120 baravari (24 327 600 söm), Özbekiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun — eng kam oylik iş haqining 140 baravari (28 382 200 söm) miqdorida belgilangan.

Ötgan vaqt davomida deputatlar va blogerlar bir neça marta hukumatning bu qaroriga özgartiriş kiritiş zarurligi haqida çiqişlar qilib kelişdi.

Pulli tonirovka – adolatsizlikmi yoki mantiqsizlik?

Biroz oldinroq Özbekiston Respublikasi prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari örinbosari Otabek Umarov tonirovka masalasi böyiça öz fikrini bildirgandi.

«Fikrimça, tonirovka mavzusi Özbekiston şaroitida dolzarb va örinli kötarilgan. Çunki yurtimizda iqlim şaroiti yoz oylari, ayniqsa, çilla payti juda oğir böladi. Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatçilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qiliş yuzasidan tegişli tavsiyalar berdik. Hozirda tonirovka mavzusi boşqa davlatlar tajribasidan kelib çiqib, har tomonlama körib çiqilmoqda.