Özbekiston Respublikasi prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari örinbosari Otabek Umarov sönggi paytlarda qizğin muhokamalarga sabab bölayotgan tonirovka masalasi böyiça öz fikrini bildirdi.
“Menga “Instagram”dagi sahifam orqali bahsli mavzu — “tonirovka” borasida juda köp murojaat kelib tuşmoqda. Şu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan boğliqligi uçun öz fikrimni bildirişga qaror qildim.
Fikrimça, “tonirovka” mavzusi Özbekiston şaroitida dolzarb va örinli kötarilgan. Çunki yurtimizda iqlim şaroiti yoz oylari, ayniqsa, çilla payti juda oğir böladi.
Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatçilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qiliş yuzasidan tegişli tavsiyalar berdik. Hozirda “tonirovka” mavzusi boşqa davlatlar tajribasidan kelib çiqib, har tomonlama körib çiqilmoqda.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bölsak, şuni alohida aytmoqçimanki, bizda uşbu yönalişda hamma zarur çoralar işlab çiqilgan va ijrosi ta'minlangan. Avtoulov “tonirovka”si xavfsizlik masalalarini hal qilişda va ta'minlaşda bizga tösiq bölolmaydi”, - deb yozadi Otabek Umarov.
Eslatib ötamiz, hukumatning 2018 yil 18 iyuldagi «Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq 2018 yil 1 avgustdan boşlab, jismoniy va yuridik şaxslarga tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanişga ruxsat berildi.
Tölov 1 yil muddatga:
jismoniy şaxslar uçun — eng kam oylik iş haqining 90 baravari (18 245 700 söm);
yuridik şaxslar uçun — eng kam oylik iş haqining 120 baravari (24 327 600 söm);
Özbekiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun — eng kam oylik iş haqining 140 baravari (28 382 200 söm) miqdorida belgilandi.
Öz navbatida, Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a'zolarining qayd etişiça, bugungi kunda avtotransport vositalariga ehtiyot qismlari bilan savdo qiliş dökonlarida termal plyonkani uçratiş mumkin. Bildirilişiça, termal plyonka özining xususiyatiga köra, tonirovka plyonkasidan ança ustunlikka ega va haydovçilar uçun ham yon-atrofni körişga xalaqit bermaydi.













