Har qanday xorijiy tilni mustaqil örganiş — murakkab vazifa. Eng avvalo, tanlangan til sizga nima uçun zarurligini aniqlab, maqsadni belgilaş kerak. Ingliz tili sayohat yo xizmat safarida muloqot uçun, universitetda baholarni yaxşilaş yo ingliz tilida çop etilgan adabiyotlarni erkin mutolaa qiliş uçun kerakmi? Quyida öz tajribamda qöllangan usullar bilan örtoqlaşmoqçiman.

Şuni bilingki, maqsad aniq bölsa, unga yetişiş yöllari ham körinadi. Şunga muvofiq, til nega kerak bölişini belgilab olgaç, işga kirişing. Alifboni bilmay, til örganişni boşlaganlar uçun Puzzle English internet resursi foydali böladi.

Til örganişning boşlanğiç davri çiroyli va töğri talaffuz qiliş kabi maşqlari bilan hamohang bölişi kerak. Men ingliz tiladi kuyga solingan qöşiqlarni köp tinglaganman. Albatta, qöşiq matni bilan xonandaning talaffuzi ikki xil bölişi mumkin, lekin bu foyda beradi. Şunçaki, aşula nomiga lyrics sözini qöşib qidiruv portaliga kiriting va natijada köringan matnni köçirib oling.

Şaxsiy luğat daftarçasini yuritib, söz boyligini oşirişga harakat qiling. Bunda yana internet resurslaridan foydalanib, ingliz tilida eng köp foydalaniladigan 100, 500 yoki 1000ta sözni topişingiz mumkin. Yodda tuting: 1000ta söz bilan maişiy mavzularda suhbat qiliş imkoniyati paydo böladi. Şuningdek, qöşiq, atrofda uçragan ajnabiy sözlarning özbek tilidagi tarjimasini bilişga harakat qiling, yodda saqlang.

Şaxsan özim köp işlatiladigan jumla va iboralar, kiriş sözlar, muloqotda asqotadigan sözlarni yaxlit yodlab olardim. Bunda grammatikani yaxşi tuşuniş ahamiyatga ega emas.

Xorijiy til bilan jiddiy şuğullanişni istagan odam, albatta, uning grammatika va asoslarini qunt bilan örganişi kerak. Buning uçun, öquvçi öz ona tili haqida fundamental tuşunçaga ega bölsa, xorijiy tilni örganiş ham oson böladi. Negaki, ot va sifat söz turkumlari, gap tuzilişi, kesim va töldiruvçi nima ekanini bilmay, ingliz tili grammatikasi uç boşli bahaybat ajdaho bölib körinadi. Özbek tili borasidagi bilimlaringizni abituriyentlar uçun çop etilgan kiçik hajmli kitobçalar orqali tekşirib olişingiz mumkin.

Til örganişning eng maşaqqatli davri — örganilgan bilimni mustahkamlaş va amaliyotda qöllay oliş könikmasini hosil qiliş. Bu borada men omadliman, deya olaman. Ingliz tilini örganiş davrida Andijon viloyatida joylaşgan «Taraqqiyot» öquv markazida taşkil etilgan debatlarni köp kuzatganman. Unda qatnaşib, biror mavzu yuzasidan fikrimni bildiriş va buni ingliz tilida ifodalaşga harakat qilişim yana köproq bilim olişga undagan. Şu bilan birga egallangan bilim amalda qöllangan. Demak, ingliz tilida gapirişdan uyalmaydigan böling, xorijiy tilni örganiş maqsadida debat taşkil qiling. 

Xulosa örnida ikki muhim omilga e'tiboringizga qaratmoqçiman: tilni örganiş heç qaçon kam vaqt talab etadigan jarayon emas va har işda kuzatilgandek, bu mehnat talab etadi. Asosiy masala esa harakatni töxtatmang, kamroq, sekinroq, lekin tinimsiz mehnatda böling.

Alişer Rözioxunov