Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ertalab, peshinda, kechqurun xabar chiqsin» – Aripov axborot xizmatlariga bir haftada bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriq berdi
Vazirlik va davlat boshqaruv idoralarining OAV bilan aloqalari bo‘yicha selektor o‘tkazgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov yig‘ilish so‘ngida qatnashchilarga topshiriq berdi.

«Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari. Prezidentimizning mazkur qarorlari ijrosini ta’minlash uchun quyidagi dasturlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Birinchidan, vazirliklar, qo‘mitalar, respublika darajasidagi tashkilotlar va mahalliy hokimlik organlari bir hafta muddat ichida Moliya vazirligi bilan hamkorlikda axborot xizmatlarini to‘liq tashkil qilishi kerak.
Ikkinchidan, har bir tashkilotlarning veb-sayt, ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi sahifalarida har kuni kamida uch marta — ertalab, peshinda, kechqurun muhim xabar berilishi shart. Chunki axborot har daqiqada eskiryapti.
Uchinchidan, tashkilotlar veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali matbuot anjumanlari, brifinglar, media-turlar o‘tkazilishi borasidagi oylik, choraklik, yillik media rejalari bo‘lishi shart.
To‘rtinchidan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vazirlik, hokimliklar bilan hamkorlikda axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkillashtirish.
Beshinchidan, har bir tashkilotning o‘z ijobiy imijini shakllantirish uchun so‘rovnomalar yordamida doimiy jamoatchilik fikrini o‘rganib borishi shart. Bunga ko‘ra jurnalist va blogerlarga axborot yetkazib berish va qabul qilinadigan normativ hujjatlarida jamoatchilik fikrini inobatga olish talab qilinadi», — deya Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Aripov tashkilotlarga xorijiy nashrlar uchun ham axborotlar yetkazib berish talabini qo‘ydi va bu uchun veb-saytlarning chet tillaridagi versiyasini rivojlantirishni talab qildi. Shuningdek mamlakatdagi xorijiy elchixonalar bilan ham aloqa o‘rnatish hukumat rahbari tomonidan talab etib qo‘yildi.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
19:03 / 07.05.2026