«Barselona» vingeri Malkom faoliyatini «Zenit»da davom ettiradi. Bu haqda rus OAV fransiyalik jurnalist Muhammad Buhafsining tvitteriga asoslanib xabar bermoqda.

Manbaga köra, bugun, 31 iyul kuni klublar 22 yoşli braziliyalik xavbek transferi böyiça kelişib olişgan.

Xarid qiymati 40 mln yevroga teng, bu miqdor bonuslar hisobiga yana 5 millionga ortişi mumkin. Malkom yaqin haftalar içida Sankt-Peterburg klubida tibbiy körikdan ötib, 5 yillik şartnomaga imzo çekişi kutilyapti.

«Zenit» vingerga yiliga 6,5 mln yevro maoş taklif qilgani haqida ham xabarlar bor.

Eslatib ötamiz, «Barsa» Malkomni ötgan yili «Bordo»dan 41 mln yevroga sotib olgan edi. U  La Liganing ötgan mavsumida 15ta turda qatnaşib, 1ta gol uriş bilan kifoyalandi.