Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik harbiy alpinistlar Qirg‘izistondagi Lenin cho‘qqisini zabt etmoqda
O‘zbekiston va Rossiyadan bo‘lgan bir guruh harbiy alpinistlar 21 iyul kuni Qirg‘izistonga yetib kelishdi. Harbiylar Chon-Oloy vodiysidagi balandligi 7134 metr bo‘lgan Lenin cho‘qqisini zabt etmoqchi, deb xabar beradi «Komsomolskaya pravda».
Cho‘qqiga ko‘tarilish qirg‘iz tomoni tashabbusi bilan MDH mamlakatlari harbiy xizmatchilari-sportchilari xalqaro uchrashuvi shaklida o‘tkazilmoqda. Harbiy alpinistlar ishtirokida bunday tadbirlar SSSR davrida ham bo‘lmagani aytiladi.
- Cho‘qqiga ko‘tarilishning asosiy maqsadi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, ko‘tarilishdagi texnik usullar bilan tajriba almashish, qurolli kuchlarda alpinizmni ommalashtirish va rivojlantirishdir. U MDHga a'zo davlatlar davlat rahbarlari kengashining qarori doirasida o‘tkazilmoqda hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan, - deya ma'lum qilishdi Qirg‘iziston Qurolli kuchlari Bosh shtabida.
Ikki kunlik moslashuvdan so‘ng guruh yo‘nalishga chiqdi. Unga Qirg‘izistondan ikki nafar harbiy xizmatchi kirdi. Jamoaning barcha a'zolari alpinizm bo‘yicha kamida 2-toifaga va 4B qiyinchilik toifasi bo‘yicha yo‘nalishga chiqish huquqiga ega.
27 iyul kuni alpinistlar O‘rta Osiyoning eng baland cho‘qqilariga olib boruvchi yo‘nalishda joylashgan to‘rtta lagerdan birinchisini (balandligi 4,400 m) ortda qoldirishdi. Balandlikning o‘zi 6 yoki 7 avgustda zabt etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026