Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon butun Yevropa bo‘ylab qo‘shin joylashtirishga tayyorlanmoqda
Foto: AFP 2019 / ANP/Robin van Lonkhuijsen
AQSh armiya vazirligi yirik kuchlarni Yevropa mamlakatlariga tashish va joylashtirish uchun pudratchilarni izlamoqda. Bu boradagi tegishli hujjat AQSh davlat xaridlari saytida joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, Pentagonning uchta departamentidan biri — armiya vazirligi AQShning Yevropadagi quruqlik qo‘shinlari operativ birlashishi uchun odamlar va og‘ir harbiy yuklarni tijorat tashuvi bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida.
Unda taxminiy manzillar, chegaralarni kesib o‘tish nuqtalari, bojxona punktlaridan o‘tish tartibi, asosiy yo‘nalish va masofa ko‘rsatilgan. Hujjatda butun Yevropa – Buyuk Britaniyadan Boltiqbo‘yigacha hudud qamrab olingan.
AQSh va NATO harbiy bazalariga uchinchi shaxslarning qo‘yilishi borasidagi cheklovlar alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, Buyuk Britaniya, Ruminiya va Polsha hududi bo‘ylab harbiy tashuvlarga faqat NATOga a'zo mamlakatlar fuqarolari jalb etiladi. Amerika texnikasi va askarlarini Ispaniyadagi bazalarga faqat ispanlar olib borishi mumkin. Italiya, Germaniya, Lyuksemburg va Belgiyada ham o‘ziga xos taqiqlar mavjud. Fuqarolari shartnoma asosida haydovchilik qila olmaydigan mamlakatlar ro‘yxati ham alohida ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
22:53 / 12.03.2026
Tramp AQSh neft narxining oshishidan foyda ko‘rishini aytdi
21:47 / 12.03.2026
AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmaydi
21:07 / 12.03.2026
Tramp Eronning jahon chempionatidagi ishtiroki o‘rinli emasligini aytdi
19:07 / 12.03.2026