Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 30 iyul kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e'lon qildi.
Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 28 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha (kg)
Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da 28000 so‘m kuzatildi. Mol go‘shtini maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da 55000 so‘m kuzatildi.
Qo‘y go‘shti 32 000 so‘mdan 58 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da 32000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da 58000 so‘mdan kuzatildi.
Kartoshka 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Kartoshka mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Farg‘ona shaharining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 5000 so‘m kuzatildi.
Piyoz 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)
Piyoz mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da 500 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da 3500 so‘m kuzatildi.
Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 5000 so‘mdan kuzatildi.
















