«Fan monopoliyaga aylanib qolgani uning tormozlanişiga olib kelmoqda». Mutaxassis bilan suhbat
|03:25 / 01.08.201923 04424 min
Kun.uz tahririyati bugungi ilm-fan, ta'lim, innovatsion tadqiqotlar va ularning ahamiyati haqida tadqiqotçilar bilan suhbatlarni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoşimiz biologiya fanlari doktori Baxtiyor Rasulov böldi. B.Rasulov hozirda ÖzRFA genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti mikroorganizmlar biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri sifatida faoliyat yuritadi.
Suhbatda bugungi ilm-fan muammolari, tadqiqotçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar jahon tajribasi bilan tahlil qilingan va takliflar bildirilgan. Şuningdek, mikroorganizmlar biotexnologiyasida amalga oşirilayotgan işlar, mineral öğitdan afzalligi isbotlangan bioöğitlar, nanobiotexnologik tadqiqotlar haqida bilib olişingiz mumkin.
— Siz faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasa qaçon taşkil etilgan va bugun bu yerda olib borilayotgan ilmiy işlanmalar nimaga yönaltiriladi?
— Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti 1992 yilda sobiq Örta Osiyo fitopatologiya instituti asosida taşkil etilgan. Fanlar Akademiyasining yirik institutlaridan biri hisoblanadi. Institutda seleksiya, genetika, ösimliklar fiziologiyasi va bioximiyasi, mikrobiologiya sohalari böyiça ilmiy izlanişlar olib boriladi. Bu ilmiy izlanişlarning asosiy natijalari, fan yönalişlarining nomidan ma'lumki, asosan, qişloq xöjaligiga tatbiq qilinadi. Bevosita öz tadqiqot soham haqida gapiradigan bölsam, laboratoriyamiz mikroorganizmlar biotexnologiyasi deb nomlanadi. Qişloq xöjaligi va tibbiyotda ahamiyatga ega bölgan mikroorganizmlar, jumladan bakteriyalarni va ularning mahsulotlarini (ikkilamçi metabolitlari – polisaxaridlar, oqsillar, polipeptidlar, antibiotik tabiatli moddalar) örganadigan laboratoriya hisoblanadi. Ötgan ön yil davomida bir neça milliy va xalqaro loyihalar bajarilgan. Masalan, mineral öğitlar örnini bosuvçi biologik öğitlar, biopreparatlar, ayrim organik birikmalar – biopolimerlar örganilib amaliyotga tatbiq etilgan. Asosiy ilmiy hamkorlarimiz Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining fizika-ximiya instituti va ekologiya-geografiya instituti va boşqa muassasalar hisoblanadi.
— Ilmiy tadqiqotlar, unga yaratilgan şaroitlar, laboratoriyalar holati qay darajada qoniqarli tadqiqotçi uçun?
— Afsuski, hozirda Özbekiston ilm-fani uçun xos bölgan muammo bizning institutni ham çetlab ötmagan. Hamma yerda bir xil muammo: zamonaviy asbob-uskunalar yetişmaydi yoki umuman yöq. Sanoqli ilmiy muassasalarda zamonaviy ilm-fan bilan şuğullaniş imkoniyati mavjud. Köplab institutlarda bu juda katta muammo hisoblanadi.
Mavzuga oid
Dunyoda hozir ilm-fan va unga boğliq texnologiyalar jadallik bilan rivojlanmoqda. Ularning asosida fundamental fan yotadi. Fundamental fan yutuqlari amaliy tadqiqotlarga köçadi va innovatsion loyiha sifatida tatbiq etilişi örganilib, yakunlanadi. Bu uç muhim jarayon bizda boşidayoq uzilib qoladi, çunki fundamental muammolar örganilmaydi. Fundamental fansiz uning keyingi bosqiçlarini gapiriş foydasiz.
Biologiya boşida tasnifiy fan sifatida yuzaga kelgan. Klassik biologiyaning vazifasi biror bir organizm yoki hujayrani tavsiflaş edi. Zamonaviy biologiya esa eksperimental fan. Ya'ni biologik obektlar ustida tajribalar qilinyapti: masalan, ularning DNKsi özgartirilyapti, genlari manipulyatsiya qilinyapti, boşqa organizm genlari köçirilyapti yoki «öçirilyapti». Molekulyar biologiya, hatto, minimal genomni yaratişga imkon beradi. Mana şu işlarni olib boriş uçun öta zamonaviy, ultra aniqlikda işlaydigan jihozlar kerak. Tabiiyki, bu jihozlar öta qimmat turadi. Ming afsuski, hozirda bizga suv va havodek kerak bölgan jihozlar institutimizga yetib kelmagan.
Muammoning yana bir tomoni şundaki, aniq va tabiiy fanlarda faqat nazariya bilan çeklanib bölmaydi. Nazariyani ma'lum bir amaliyot, eksperiment bilan isbotlab beriş kerak. Bizda salohiyatli kadrlar köp, lekin moddiy-texnik baza bölmagandan keyin ular öz iqtidorini körsatiş uçun çet elga çiqib ketişga majbur. Masalaning boşqa salbiy tomoni – xorijga ketgan olimdagi ilmiy ğoyaga çet eldagi iş beruvçi, işga taklif qiluvçi ham şerik böladi. Xohlaymizmi-yöqmi — bu aççiq haqiqat. Öz tajribamdan qiyos, Xitoyda fizika-ximiya institutida işlaganman, nimaiki ğoyani öylab topgan bölsam, uni xitoyliklar bilan bölişganman. Qaysi ma'nodaki, avval ilmiy maqola yozamiz, unda iş beruvçining ism-şarifini qöşamiz. U yerdagi iş beruvçilar pragmatik xalq, agar qölingizdan iş kelsa, yana özlarining moliyaviy manbalarini taklif qiladi. Ilm-fan, tadqiqotlarni moliyalaştiruvçi alohida vazirliklari bor. Tajribamdan ma'lumki, ilmiy ğoya rahbarga yoki moliyalovçi tomonga yoqsa, albatta, buni qabul qiladi, qöyib yubormaydi. Va çetdan kelgan olimdan maksimal darajada foydalanişga harakat qiladi. Bizda buning teskarisi, ya'ni şaroit çeklangan, faqat öta muhim, keraklilari olinadi. Keyin moliyaviy jihatdan ham çegarasi bor, unga qarab loyihaning neçadir foizidan voz keçişga töğri keladi. Bu bor narsa, tan oliş kerak!
Bularning barçasi böşliqni vujudga keltirgan, böşliqni töldiriş uçun köpgina iqtidorli olimlar yetakçi ilmiy muassasalarga ketişga majbur bölmoqda. Kelişga şoşilmayotganining ham sababi şunda. Agar bizda ham şaroit yaratilsa, Özbekistonga qaytib, ilmiy işini davom ettiradi. Masalan, özimdan qiyos, Xitoydagi ilmiy faoliyatim mikrob asosli biopolimerlarni örganiş bölgan. Tabiatda mavjud biopolimerlarni olişning yana bir yöli bakteriyalar orqali sintez qiliş hisoblanadi. Masalan, ösimlikdagi polisaxaridni bakteriya hujayrasi ham hosil qiladi. Men u yerda polisaxaridlarni hosil qiluvçi bakteriyalarni topdim va öşa biomateriallarni sintez qilib körsatdim. Hamkorlarim ximik edi va bu ularga yoqib qoldi. Yana qöşimça şartnoma taklif qilişdi, hatto magistr va PhD doktorantlardan şogird olib işlaşni ham tavsiya qilişdi. Keyin öşa olingan biomateriallarga kumuş nanozarralari biriktirib, yangi nanobiomateriallar oldim. Bu işlarni Xitoyda qilişimizga sabab u yerda şaroit, asbob-uskuna, muhit bor. Buni nima uçun aytyapman, agar jihozlar, asbob-uskunalar Özbekistonda bölsa, şu yerda ham qilsa böladi. Buni bemalol uddalay olamiz.
— Sizningça, ilm ilm uçunmi yoki ilm — inson, umuman, jamiyat, davlat farovonligi uçunmi?
— Ilmni xoslar uçun deyiş ham mumkin. Çunki ilmning murakkabligini bor böyiça tuşungani uçun ham olim olim-da. Şu bilan birga olimning, ilmning hozirgi vazifasi, mas'uliyati iqtisodni, jamiyatdagi köplab muammolarni hal qilişga qaratilgan bölişi kerak. Masalan, bizning laboratoriyamizning bir yönalişi qişloq xöjaligidagi mineral öğitlar sarfini kamaytiriş, iloji bölsa, yöqotiş va örniga yangi turdagi biologik öğitlarni taklif etiş hisoblanadi. Biz «Bioazot» biopreparatini (bioöğiti) taklif qilganmiz ham. Biologik öğit bu yil ham sinovdan ötdi va mineral azot örnini yuz foiz bosa oldi. Buning vazifasi tuproqda köpayib ösimlikka mineral emas, biologik holatdagi azotni yetkazib beriş.
— «Bioazot» biopreparatining tarkibi, foydali xususiyatlarini tavsiflab bersangiz.
— «Bioazot» biopreparatining asosini azot özlaştiruvçi Azotobacter chrooccoccum bakteriyasi va uning ösimliklarga foydali tabiiy birikmalari – polisaxaridlari, vitaminlari, aminokislotalaridan iborat. Bakteriya ösimlik ildizlarida köpayib, havodagi azotni olişga ötadi. Ma'lumki, havoda 78 foiz azot bor. Bakteriya havodagi azotni özlaştirib biologik azotga, misol uçun, oqsilga, polipeptidga, aminokislotaga aylantiradi. Bu narsalar ösimlikka özlaşadi. Sodda qilib tuşuntirilsa, havodagi azot bilan dehqonçilik qilinadi. Taqqoslaş uçun keltiraman, mineral azot bu — ölik materiya, biologik azot — tirik materiya, ösimlik ham tirik materiya. Ösimlikka tirik materiya kerakmi, öligimi? Albatta tirigi, tirik materiyadan köproq naflanadi. Ösimlikning biologik azotga sezgirligi, moyilligi juda yuqori.
Bir narsani ta'kidlab ötişim kerak, qişloq xöjaligida, dehqonçilikda mineral öğitlar sarfi juda pala-partiş yölga qöyilgan. Hozirgaça eski metodlar bilan işlanadi. Şuningdek, mineral öğitlar bilan öğitlaşda yöqotiş, isrof juda katta. Masalan, 100 kg mineral azotni tuproqqa bersak, uning teng yarmi havoga çiqib ketadi. Tuproqning tabiiy azot balansi ham bor. Ya'ni tuproqda azotsizlantiruvçi bakteriyalar ham yaşaydi. Bu tabiiy jarayon bölib, buni biologiyada denitrifikatsiya – azotsizlaniş deyiladi. Ösimlik maksimum özlaştirsa 15 foiz mineral azotni özlaşiradi. Bu degani, 100 kg azotdan faqat 15 kilogrammidan foydalanyapmiz, xolos. Mana şu kabi isrofni yöqotiş uçun, qişloq xöjaligidagi sarf-xarajatni kamaytiriş uçun ham yuqoridagi biopreparatlar yaratilgan va taklif qilinmoqda.
— Mazkur «Bioazot» biopreparatidan qişloq xöjaligida sinab körildimi, natijalar qanday?
— Bu işlanma Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyundagi PQ-3855 qaroriga kiritilgan. Şunga köra, «Aloqabank» va institutimiz ta'sisçiligida «BIOAZOT IGBR» MÇJ tuzildi. Uning vazifasi «Bioazot» biopreparatini işlab çiqariş va sotişdan iborat. Ya'ni ilmiy işlanmani tijoratlaştiriş. «Bioazot»ning tatbiq etilganiga kelsak, ötgan yili Buxoro viloyati Romitan tumanidagi agroklasterning2 ming ga maydonda qöllandi. Bu yil şuningdek, Pskent tumanidagi «Nature Cotton» MÇJ klasteriga ham yetkazib berdik. An'anaviy mineral öğitlardan farqi ularning öta arzonligida. Mineral öğitdan kamida 10 marta arzon tuşadi. Ikkinçidan, tez ta'sir etadi va hosildorlik 10 foizdan 25 foizgaça oşadi. «Bioazot» tarkibidagi bakteriyalar tuproqlarni soğlomlaştiradi, unumdorligi va ğovakligini keskin oşiradi.
— Isroilda magistraturada tahsil olgansiz va bir muddat Xitoyda ilmiy iş qilgansiz. Tizim, şart-şaroit, imkoniyat jihatdan Özbekiston bilan taqqoslaganmisiz?
— Men 2006-2007 yillarda Isroilda Ben Gurion universitetining Albert Kartz International School da öqib, Zuckerberg Institute of Environmental Microbiology da ilmiy iş qilganman. U yerda şaroit, muhit boşqaça, eng asosiysi, mehnatga, işga, faoliyatga munosabat boşqaça edi. Şuning uçunmi — kun böyi laboratoriyada vaqtimiz qanday ötganini bilmay qolardik. Keyin asbob-uskuna, reaktiv masalasida muammo bölmasdi, operativ işlanardi. Hozirgi davrda zamonaviy fanni taşkil qiliş, boşqariş böyiça Xitoy tajribasi menga ma'qul keldi. Sababi, Xitoyda olim olimligini qiladi. U ğoya muallifi va öz ğoyasini qanday qilib amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar belgilovçi kişi hisoblanadi. Olim ğoya beradi, uni amalga oşiriş yöllarini körsatadi. Masalan, men özim qidirgan moddani sintez qilsam, uning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlaş uçun loyiha rahbari tegişli laboratoriya yoki kompaniyalarga yuboradi. Yoki DNK – gen – gen klasterini manipulyatsiya qilmoqçisiz. Jarayonning simulyatsiyasi yoki dizaynini işlab çiqib tegişli kompaniyaga yuborasiz. Öşa konstruksiyalarni qiliş, tajribada tekşiriş endi kompaniya zimmasida. Olim texnik işlar bilan şuğullanmaydi, balki ilmiy ğoyaning amalga oşişini boşqaradi, boşqaça aytilsa, öziga xos menejyer.
Bizda fanga yondaşuv ham öziga xos-da. Xorijdagi olim butun kunini fanning bitta muammosi bilan ötkazsa, biz esa qayerdan yana pul topiş mumkin, kim bilan qanaqa iş qiliş mumkin, olingan moddani qayerga analizga berişim kerak, kim bilan kelişişim, kim bilan şartnoma tuzişim kerak kabi narsalarni öylab yuramiz. Biz «universal»miz: ham marketing, ham menejment bilan şuğullanamiz, ham bozor qidiramiz — xullas, yondaşuvni özgartiriş kerak-da.
Dunyo tajribasida olim öz nomini brend darajasiga çiqarişga harakat qiladi. Masalan, ilmiy bir muammo böyiça öşa ism-şarif brend bölişi kerak. Bu narsa xorijda har bir olimning qon-qoniga singib ketgan. Har bir maqolasiga, ilmiy tajribasi natijasiga şu jihatdan yondaşadi, jiddiy qaraydi. Impakt faktori yuqori bölgan jurnallarda maqola çiqarişga harakat qiladi. Olimning darajasi, kategoriyasi, tasnifi impakt faktoriga, Herş indeksiga (H-index) qarab belgilanadi. Afsuski, bizda haligaça bunga e'tibor berilmaydi. Boşqa tomondan, e'tibor berilişi uçun olimning özi ham tayyor bölişi kerak. Agar loyiha berişda loyiha rahbarining, a'zolarning impakt faktoriga, Herş-indeksi asosiy mezon qilib olinsa, talab bölsa, hamma şunga qarab harakat qiladi.
Şunday olimlar, ilmiy guruhlar borki, 20-30 yil işlagan, loyiha olgan, million-million pul olgan, lekin birorta impakt faktori bor jurnalda maqola çiqarmagan.
Nima uçun impakt faktoriga birinçi örinda qaraş kerak deyapman? Bunday jurnallarda maqola e'lon qiliş oson emas. Ming bir çiğiriqdan ötadi, ilmiy yangiligi bölsa, naşr qilinadi. Olimlarimiz şunga harakat qilişsa, ilm öz-özidan rivojlanib ketadi.
Bizda yana bitta muammo bor: ilm monopoliyaga aylanib qolgandek tuyuladi menga. Özim misolimda tuşuntirsam. Masalan, men bakteriya ekzopolisaxaridi bilan şuğullanaman. Boşqa heç kim şuğullanmaydi, deylik. Men bilan kim raqobat qiladi? Kim mening ilmiy faoliyatimga baho beradi? Şunday bölgandan keyin, işimga bahoga berişga, aytaylik, fermentlar bilan şuğullanadigan olimni taklif qilişadi. Öşa olim işimning past-balandligini qayerdan biladi? Men uning işini qanday tuşunaman? Fan monopoliyaga aylanib qolgani ham uni tormozlanişiga olib kelmoqda. Agar bir soha bilan bir neça kişi yoki bir neça ilmiy guruh şuğullansa, bir-birini taftiş qiliş kuçayadi. Bizda mikrobiologiya böyiça işni mikrobiolog körsa böladi, deyiladi. Bu xato fikr. Çunki tibbiyot mikrobiologiyasi, qişloq xöjalik mikrobiologiyasi kabi köp yönalişlar bor. Tabiiyki, oziq-ovqat mikrobiologiyasi bilan şuğullanadigan olim tibbiyot mikrobiologiyasi böyiça qilingan işga baho berolmaydi.
— Impakt faktorli jurnallarga yuborilgan maqola qanday tekşiriladi?
— Deylik, Çexiyada çiqadigan Folia Microbiologica jurnali, impakt faktori 1.5. Jurnalga bakteriya polisaxaridi haqida maqola yuborsam, jurnal muharrirlari dunyoda qaysi davlat, institutda bakteriya polisaxaridi böyiça şuğullanadigan olimlarga taqriz uçun jönatadi. Ular tekşirib ijobiy yoki salbiy bahosini beradi. Ilmiy yangilik şunday saralanadi. Bizdaçi? Bitta jurnalga maqola olib boramiz. Taqriz olib keling, deydi. Taqrizçining oldiga taqrizni yozib olib boramiz. Özimiz haqimizda rosa maqtaymiz, ba'zi kamçiliklarini körsatgan bölamiz... Bu narsa ayni ilmga xiyonat! Bu bilan na fan, na davlat rivojlanadi. Öz-özini aldaşdan boşqa narsa emas bu. Şogirdlarimga doim aytaman, yolğon iş qilma, yolğon gapirma. Iloji boriça jihozda bilan işla, natija ol, jadval yozma, grafik çizma, deb maslahat beraman. Çunki impakt faktorli jurnal tajribalar ötkazilgan jihoz bergan ma'lumotni söraydi. Soxtalik aniqlansa, olim «qora röyxat»ga tuşadi. Elsevier yoki Springer kabi nufuzli naşriyotlar natijalarni soxtalaştirgan yoki plagiatda ayblangan olimlarning maqolalarini 5 yilgaça naşr qilmasligi mumkin. Şuning uçun ham özini hurmat qilgan olim ikkita narsadan qoçadi: plagiat va ilmiy natijalarni soxtalaştirişdan. Ikkinçisi, doim yuqori impakt faktorli jurnallarga intiladi. Mana şu narsaning özi saralab beradi saragini sarakka, puçagini puçakka. Buni ilmiy darajalar beruvçi taşkilotlar, muassasalar e'tiborga olsa, nur ustiga nur böladi.
— Xitoy va Özbekistonda ilmiy iş himoya qiliş orasidagi farq qanday?
— Xitoyda ilmiy iş yoqlaş Özbekistondagidan yer bilan osmonça farqi bor! Men özim u yerdagi himoyalarda qatnaşganman. Ilmiy işni baholaş uçun asosiy vosita, mezon ilmiy maqola va dissertatsiya. Şu asosda baholanadi. Boşqa hujjatlar, qandaydir şakllar va boşqa narsalar talab qilinmaydi. Ilmiy daraja beriş ularda juda oson, ortiqça hujjatbozliksiz keçadigan jarayon. Bu narsa qaçondir, albatta, bizga ham kirib keladi.
— Takliflar köp bölgan, hattoki, oilaviy borişga ham taklif qilişgan. Öşa yerlarda yursam ham bölardi, ammo insonni içida bir ilinji, tuyğusi böladiku, köproq öz yurtiga tortib turadigan. Bir tomondan menga alam qilardi ham, nega men öz salohiyatimni bular bilan bölişişim kerak!? Şularni ham hisobga olib 2018 yilda qaytişga qaror qilganman. Bizning avlodga katta bir mas'uliyat — yöl yaratiş mas'uliyati tuşgan. Hamma özini çetga olib qolaversa, bu maşaqqatlar bizdan keyingilarga tuşadi. Amerikalik, rossiyalik, xitoylik qilgan işni aqlim yetib turib nega qilmasligim kerak? Olimda milliy ğurur bölişi kerakmasmi? Qaytiş kerak, qiyinçilik bölmaydi emas, böladi, lekin ilm-fan rivojiga hissamizni qöşişimiz kerak.
— Yaqinda ijtimoiy tarmoqdagi «post»laringizdan birida dissertatsiya himoya qilganingiz töğrisida ma'lum qildingiz. Ilmiy tadqiqotingiz nima haqda böldi?
— Yaqinda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyam mavzusi: «Diazotrof rizobakteriyalar ekzopolisaxaridlari asosida kumuş nanozarralari oliş va ularning antimikrob xususiyatlari mexanizmlari tadqiqi». Mana şu qölimdagi narsa azot özlaştiruvçi bakteriyalarning polisaxaridi. Bu polisaxaridga men kumuş nanozarra ulaganman. Buni qişloq xöjaligidagi kasalliklarga qarşi qöllaganman, sinaganman.
— Siz tadqiqot natijasida olgan nanobiomateriallarning amaliy ahamiyati qanday?
— Biz örgangan biomateriallarni dastlab, tuproqlarimizdagi tuzlarni erimaydigan holga ötkaziş uçun qöllaganmiz. Özbekiston qişloq xöjaligidagi eng katta muammo tuproq şörlanişi hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga köra, 80 foizdan ortiq suğoriladigan maydonlarimiz şörlangan. Şör dalada dehqonçilik qiliş qiyin. Ösimlik yaxşi ösmaydi, hosil past böladi. Dunyo miqyosida şörga qarşi kuraşiş uçun köplab tajribalar qilinyapti. Umumiy bitta xulosaga kelinganki, tuproqdagi tuzni yöqotib bölmaydi. Töğri, suv bilan yuviladi, lekin suv tanqisligini hisobga olsak, bu ilojsiz bölib boraveradi. Yeçim sifatida bir usul taklif qilinmoqda – ösimlik ösayotgan vaqtida tuzni ma'lum muddat tuproqda qotirib qöyiş kerak. Tuz eriganda salbiy ta'sir qiladi. Erigan holdagina tuz ösimlik hujayralariga salbiy ta'sir körsatadi. Biz taklif qilayotgan modda tuzni yutadi va erimaydigan kompleksga aylanadi. Bizning biomaterialimiz qöllanganda tuz erimaydigan holatga ötadi. Ösimlik ösadigan, rivojlanadigan, hosil beradigan davrida tuz boğlangan böladi, erimaydi. Suv özi ösimlikka kiradi, tuz tuproqda qolib ketadi.
Ikkinçi foydali jihati, vaqt ötişi bilan biomaterial parçalanadi va ösimlik uçun ozuqaga aylanadi. Bu uşbu biomateriallarimizning birinçi qöllaniş sohasi. Ikkinçisi qum va tuzlarni qotiriş. Ötgan yili Xorazm viloyati va Qoraqalpoğistonda tuz va qumning uçişi kuzatildi. Bundan öşa yerda foydalanilsa, tuz va qumni qotiradi, uçuvçanligini yöqotadi.
Uçinçi asosiy jihati esa, şu biomateriallar asosida kumuş nanozarrasi saqlagan nanobiomaterial hosil qiliş mumkin. Doktorlik işim aynan nanobiomateriallar olişga qaratilgan edi. Bu nanobiomateriallardan hozirda xorijda tibbiyotda qöllanmoqda.
— Suhbatlaringizning birida nanotexnologiyalar bizga begona emasligini aytgansiz. Şu haqda töxtalsangiz?
— Kumuş nanozarralarining foydasi qadimdan ma'lum bölgan. Milliy tabobatimizda qöllangan. Qadim turkiylarning bir odati bölgan, kumuş taqinçoqlarni, giyohlarni suvga solib, öşa suvga çaqaloqlar yuvintirilgan, yaralar tozalangan. Iste'mol ham qilingan. Lekin odamlar foydalanayotgan modda nanozarra ekanini bilişmagan. Kumuşning şifobaxş xususiyati deb bilişgan. Zamonaviy nanotexnologiya kumuş suvda ma'lum miqdorda erişi – ionlar (zaryadlangan zarralar) holida ajralişi va ösimliklar tarkibidagi moddalar ta'sirida nanozarralarga aylanişini isbotlagan. Bu haqda yuzlab ilmiy maqolalarni topişingiz mumkin. Kumuş nanozarralari bölgan suvlar yordamida kasallik qözğatuvçi bakteriyalar yöqolgan.
— Nanotexnologiya kelajak asri. Özingiz ham buning bir yönalişida tadqiqot olib borasiz. Mutaxassis sifatida nanotexnologik tadqiqotlarning Özbekistondagi ustuvor vazifalari sifatida nimani körasiz?
— Hozirgi zamonaviy materialşunoslikda nanokompozitsiya va nanobiokompozitsiyalar oliş borasida işlar ketyapti. Oldin bizga ma'lum bölgan moddalarning nano körinişlari olinyapti. Undan foydalaniş sohalari juda keng. Elektronika, fotoximiya, tibbiyot, oziq-ovqat, kosmetika, harbiy sanoatgaça bor. Ilğor davlatlar ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy işlarni patent qilib qöymoqda. Tez orada u patentlarga ehtiyoj tuğiladi. Hozir nanotexnologiyalarni yirik masştabda işlab çiqariş imkoniyati bölmasligi mumkin. Lekin rivojlaniş bir yerda turmaydi. Bugun bölmasa, ertaga öşa nanozarrani keng miqyosda konveyer uslubida işlab çiqaradigan liniyalar, jihozlar, asbob-uskunalar çiqadi. Ana şunda tayyorlab qöyilgan patentlar birinçi planga çiqadi.
Özbekistonga kelsak, nanotexnologiya endi rivojlanyapti. Yadro fizikasi, Umumiy va organik kimyo, Mikrobiologiya, Ion-plazma va şuningdek, bizning institutimizda dastlabki işlar qilinyapti. Fikrimça, Özbekistonda nanotexnologiya bilan şuğullanayotganlarni uyuşma yoki ilmiy guruh qilib yiğiş kerak. Dunyoda hozir nanotexnologiyaning qaysi muammosi bilan işlayapti, buni örganiş kerak. Heç bölmasa nazariyasini. Çunki şunday tadqiqotlar olib borayotgan davlatlar heç bölmasa bozor maqsadida kiradi. Bizga taklif etiladigan nanomahsulotlar yoki ular asosidagi xizmatlarning ortidagi xavf-xatarni baholay oliş, köra oliş darajasida bölişimiz lozim. Oddiy misol, hozir nanozarra singdirilgan paypoqlar kirib keldi. Foydali xususiyatini bildik. Yuvilganda paypoqqa singdirilgan nanozarra suvga ajraladi. Oqova suv orqali tabiatga çiqib kelyapti. Natijada, tabiatda nanozarraning ekotoksiklik xususiyati paydo bölmoqda. Biz bunga qarşi qanday kuraşiş kerakligini izlab topişimiz kerak. Şunga qiyosan ular haqida bilişimiz va özimizning himoya tizimlarni şakllantiriş kerak deb öylayman.
— Kelajak rejalaringiz?
Rejalarimiz katta. Birinçisi, fundamental ahamiyatli ilmiy loyihalarimizni davom ettiriş. Xitoyda işlayotganimda bir loyihani boşlaganman. Gen ma'lum bir yuklama bilan işlaganda (ekspressiyalanganda) uning mahsuloti (öşa gen sintezlaydigan) kimyoviy tarkibining özgarişini aniqladik. Biz örgangan mikrob biopolimerlarida birinçi marta kuzatildi bu holat. Dastlabki natijalar olingan. Yirik ilmiy maqola ham tayyorlab qöydik. Şu işning qolgan qismlarini ham davom ettirişimiz kerak. Ikkinçisi, qançadan-qança tayyor işlanmalarimiz bor. Ularni işlab çiqarişga joriy qilmoqçimiz. Niyatimiz Özbekistonda mikrob biotexnologiyalariga asoslangan biologik dehqonçilikni yölga qöyiş. Buni isbotladik. Masalan, Toşkent viloyati Yangiyöl tumani Kalgan massividagi buğdoy dalalarida mineral öğit işlatmay biologik öğit yordamida 50 ts/ga buğdoy hosili olindi. 2013 yilda esa Pskent tumani «Oltin qir ne'mati» fermer xöjaligida biologik usulda 63 ts/ga buğdoy (lalmi yer bölganidan majburiyati 27 ts/ga) olindi. Bioöğitlar yordamida biologik dehqonçilik Özbekistonning boşqa viloyatlari, jumladan Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatlari dalalarida ham sinovdan ötgan. Uşbu işlarni amalga oşirsak, Respublikamiz iqtisodiga, fanga arzimagan bölsa ham hissamizni qöşgan bölardik.
Yigitali Mahmudov suhbatlaşdi
Fotolar muallifi Muhammadjon Ğaniyev
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi