Dortmundning «Borusiya» klubi hujumçisi Andre Şyurrle Moskvaning «Spartak» klubiga ötdi.
28 yoşli futbolçi 1 yil davomida moskvaliklar tarkibida ijarada öynaydigan böldi. «Spartak» uni 8 million yevro evaziga töliq sotib oliş huquqiga ham ega.
Futbolçining Moskvadagi yillik maoşi miqdori 3 million yevroni taşkil qiladi.
Andre Şyurrle futbolçilik faoliyatida «Mayns», «Bayyer», «Çelsi», «Volfsburg» va «Fulhem» klublarida ham öynagan.
Germaniya milliy jamoasi tarkibida 57ta öyinda maydonga tuşib, 22ta gol urgan, terma jamoa bilan 2014 yili Braziliya maydonlarida bölib ötgan jahon çempionatida ğolib çiqqan.
Andre sönggi mavsumni «Fulhem»da ijara asosida ötkazib, Premer-liga doirasida 24ta uçraşuvda maydonga tuşgan va 6ta gol urgandi.












