Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: 15 avgustdan isitish tizimi va issiq suv narxi oshadi

Joriy yilning 15 avgustidan boshlab isitish tizimi va issiq suv ta'minoti tariflari ko‘tariladi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» korxonasi xabar berdi.
Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1 772 so‘mgacha oshiriladi (hozir - 1 610,99 so‘m).
Issiq suv ta'minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 20 470 so‘mni tashkil etadi (hozir - 18 609,24 so‘m), hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta'minoti kubometriga 5 242 so‘mga (hozir - 4 765,20 so‘m) teng bo‘ladi.
Umumiy yuvinish xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 15 228 so‘mni (hozirda - 13 843,47 so‘m) tashkil etadi.
«Toshissiqlikmarkazi» DUKdan ma'lum qilishlaricha, 15 avgustdan boshlab yetkazib berilayotgan issiq energiyasining ulgurji narxi QQSni hisobga olmaganda, bir Gkal uchun 106 500 so‘m, QQS bilan qo‘shilgan holda 127 800 so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin hukumat 15 avgustdan boshlab yoqilg‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli uchun narx va tariflarni oshirgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘rtayer dengizi uzra maroqli sayr, afsonaviy qal’aga sayohat: Turkiyaning Alaniya shahridan fotoreportaj
Turizm | 18:30
-
Son Hyong Min 10 yillik faoliyatidan keyin «Tottenhem» bilan xayrlashdi
Sport | 18:12
-
Hindiston bosh vaziri Pokistonga tahdid qildi
Jahon | 18:09
-
«Pr premier-avto» MChJ rahbariga hukm o‘qildi
Jamiyat | 18:05
Mavzuga oid

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

08:50 / 24.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

17:23 / 01.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi

16:42 / 25.03.2025