Saudiya Arabistoni hukumati tayyor bölsa, Eron muzokaralarga ötkazişga şay. Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif şunday bayonot bergan. Bu haqda Reuters  agentligi xabar qilmoqda. 

Saudiya va Eron örtasidagi munosabatlar Yaqin Şarqda ustunlikni qölga kiritişga harakat natijasida keskinlaşgan edi. Ar-Riyod Fors körfazida Saudiyaning 6 neft taşuvçi tankeriga zarar yetgan hujumda Eronni ayblagan, Tehron buni rad etgan edi. 

«Agar Saudiya Arabistoni muloqotga tayyor bölsa, biz qöşnilarimiz bilan muloqotga har doim tayyormiz, - degan Zarif. – Biz heç qaçon qöşnilarimiz bilan muloqotga eşiklarimizni yopmaganmiz va heç qaçon yopmaymiz».

Zarif, şuningdek, Eron xuddi şunday muzokaralarni BAA bilan ham ötkazişi mumkinligini aytgan.Uning qöşimça qilişiça, «agar ular siyosatini özgartirsa, muloqot uçun juda yaxşi imkoniyat bölar edi».