Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: «Avvallari Prezidentga milliy darajadagi holat va butun dunyodagi vaziyat bo‘yicha axborotlar kiritilmas edi»
Bugun, 1 avgust kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi «O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning yangi tizimi: xalqaro hamkorlik, ustuvor vazifalar va muammolar tahlili» mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon ijrosi, shuningdek, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining vazifa va maqsadlari muhokama qilindi.
Sessiyada ishtirok etgan Oliy Majlis Senat Raisi Tanzila Norboyeva mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
«Shu kungacha jamoatchilik nuqtai nazaridan ham komissiyalar, muvofiqlashtiruvchi kengashlar, Ichki ishlar vazirligi qoshida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi bor edi. Xalqaro hamjamiyat, xususan, xalqaro mehnat tashkiloti, AQShning mehnat bo‘yicha departamenti va vazirligi bilan birga mazkur muammolarni ko‘rib chiqqanimizda, odamlarimiz ish qidirib boshqa davlatlarga borganda bilib-bilmasdan, huquqini tanimasdan yoki aldovlarga uchib, odam savdosi qurboniga aylanib qolayotganini bildik.
Bu ikki masala bir-biriga o‘zaro uzviy bog‘liq. Yaqinda Oliy Majlis Senatida 29-Xalqaro mehnat tashkilotining «Majburiy mehnat to‘g‘risida»gi konvensiyasiga qo‘shildik. Bu aynan majburiy mehnat orqali odam savdosiga tushib qolish holatiga qaratilgan. Shu bois, yangi tuzilgan Milliy komissiyaga juda ham katta vakolatli vazifa berildi. O‘zbekistonda birinchi marta odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi «Milliy ma'ruzachi» degan institut joriy qilindi. Ya'ni, Milliy komissiya raisi bir paytning o‘zida «Milliy ma'ruzachi» ham bo‘ladi.
Ahamiyatli tomoni avvallari prezidentga milliy darajadagi holatlar yoki butun dunyodagi vaziyat to‘g‘risida axborotlar kiritilmas edi. Davlatimiz rahbarining mana shu farmoni bilan «Milliy ma'ruzachi» nafaqat xalqaro tashkilotlar bilan ish olib borib, bu ishlar haqida xalqaro hamjamiyatni keng voqif qiladi, balki O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga yilda kamida bir marta O‘zbekiston va xalqaro miqyosdagi vaziyat yuzasidan axborot beradi. Shuningdek, jinoyatchilar qo‘lga olinishi masalalari, bu bo‘yicha chora-tadbirlar natijadorligi va yana nima qilishimiz kerakligi to‘g‘risidagi takliflarni ham davlat rahbariga kiritib boradi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026