31 iyul – 1 avgust kunlari Energetika vazirligi, «Özneftgazinspeksiya» AJ, «Öztransgaz» AJ, IES aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Farğona va Namangan viloyatlaridagi energiya resurslari işlab çiqaruvçi obektlar böylab, OAV vakillari uçun press-tur taşkil etildi.

Iştirokçilar tadbir davomida «Farğona issiqlik energiyasi stansiyasi», «Quvasoy ta'mir quriliş» zavodi, Töraqörğon IES hamda Töraqörğon gaz taqsimlaş şoxobçasida bölib iş jarayoni bilan tanişişdi.

Andijon, Namangan, Farğona viloyatlari Özbekistonning aholi eng ziç joylaşgan hududlaridir. Mintaqada elektr energiyasi tanqisligini bartaraf etiş uçun Töraqörğon issiqlik stansiyasi bunyod etilmoqda.

Töraqörğon IES raqamlarda:

  • Loyihaning amalga oşiriş muddati - 2013-2020 yillar;
  • Loyihaning umumiy qiymati - 1 195,87 mln. AQŞ dollari.

IESdan kutilayotgan texnik-iqtisodiy körsatkiçlar:

  • Elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati - yiliga 6,7 mlrd. kVt*s;
  • Şartli yoqilğini me'yoriy sarfi - 226,21 g/kVt*s;
  • Tabiiy gaz sarfi - yiliga 1,3 mlrd m3;
  • FIK (foydali iş koeffitsiyenti) – 57,4 foiz.

Stansiyaning birinçi buğ-qurilmasi şu yilning sentabr, ikkinçisi dekabr oyida işga tuşirilişi rejalaştirilgan.

Buning natijasida Farğona vodiysi iste'molçilari uçun 900 MVt qöşimça quvvat yoki yiliga 6,7 milliard kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqariladi.

Jurnalistlar «Öztransgaz» jamiyati, Farğona magistral gaz quvurlari boşqarmasiga qaraşli Töraqörğon IES gaz taqsimlaş şoxobçasida ham bölişdi.