2019 yil 29 iyul kuni Toşkent şahrining Çilonzor tuman Içki işlar organlarini faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasidan xabar tuşgan, deb ma'lumot berdi Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.

Ularga köra, 2018 yil avgust oyida Şayxontohur tumanida yaşovçi 37 yoşli G.K., M.Uluğbek tumanida yaşovçi, MÇJ rahbari 67 yoşli B.N.ga poligrafik uskunalarini olib berişini va birgalikda biznesni davom ettirişini va'da qilgan.

Bu şaxs bank orqali B.N.ning nomiga 2 700 000 000 söm pullarni kreditga olib, uşbu pullarni boşqa MÇJ hisob raqamiga ötkazib, heç qanday uskunalarni olmasdan pullarni öz ehtiyoji yölida işlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.