Toşkent şahrida Yevos fast-fud tarmoğining yangi filiali iş boşladi.

Yevos Toşkent şahri Sergeli tumanida özining 32 filialini oçdi. Bu filial Sergeli-8 mavzesida joylaşgan. 31 iyul kuni mazkur filialning oçiliş tadbiri bölib ötdi.

Yevos har bir filiali oçilişi alohida bir bayram. Özgaça şukuh va harorat bilan kutib olinadi. Bu bejiz emas, albatta. Yuqori sifat va mazali taomlar, ozoda, şinam jihozlar va eng muhimi har bir mijozga xuşmuomala munosabat xalqimiz könglidan çuqur joy olgan! Bu, şubhasiz, kompaniya muvaffaqiyati garovi bölib xizmat qiladi.

Yevos bu kabi tadbirlarda aholiga nafaqat mazali taomlarni taqdim etadi, balki turli xil bonuslari, şou-konsertlari bilan xalq könglini olişga intiladi.

Yevos oçiliş marosimlarini maşhur televideniye yulduzi Dilşod Mirzamurodovsiz tasavvur qilib bölmaydi. U bunday tadbirlarning doimiy mehmoni. Uning hazilga boy gaplari, nozik qoçirimlari tomoşabinlarning jon-u dili desak mubolağa bölmaydi.

Bu galgi oçiliş marosimi ham turli öyinlari, köngiloçar dasturlari, pantomima ustalarining çiqişlari, közboylağiçlarning kutilmagan sahna körinişlari, köplab sovğalari bilan esda qolarli böldi. Unda qatnaşgan borki, kompaniyaning esdalik sovğalari, Yevos fast-fud tarmoği filiallarida ovqatlaniş uçun pul mukofotlariga ega böldilar.