Bugun, 2 avgust kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgaça ta'lim vazirligi rahbariyati iştirokida maktabgaça ta'lim tizimini rivojlantiriş konsepsiyasiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda iştirok etgan maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin maktabgaça ta'lim muassasalariga elektron navbat dasturidagi nosozliklar xususida izoh berdi.

“Prezident qaroriga muvofiq, ilk bor maktabgaça ta'lim tizimida Davlat xizmatlari agentligi, UzInfoCom bilan hamkorlikda innovatsion dastur ─ elektron navbat yölga qöyilgan edi. 2018 yilning 4 aprelidan boşlab test rejimida iş boşlagan mazkur dastur böyiça natijalarni ötgan öquv yilining yakunida tahlil qildik. Obektivlik va şaffoflikka ta'sir körsatgan turli omillarni inobatga olgan holda, 20 iyun kuni dastur töxtatib qöyilgan edi. Dasturni xalqaro taşkilotlar ─ UNICEF va OpenEMIS bilan hamkorlikda yanada takomillaştirdik. Kamçiliklarni töğriladik. Elektron navbat dasturida inson omili umuman iştirok etmasligi masalasi körib çiqildi. Ikki kun oldin dastur qayta işga tuşirilgan edi. Afsuski, obektiv sabablar tufayli dastur yana töxtab qoldi. Hozirda katta işçi guruh bu muammoni hal qiliş ustida işlamoqda. Duşanba kuni (5 avgust) dastur faoliyati tölaqonli ravişda yölga qöyilişi rejalaştirilgan. Elektron navbat böyiça grafik ham töliq işga tuşadi”, ─ dedi Agrippina Şin.