«Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasi orqali jismoniy şaxslar harakatlanişi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib ötiş jarayonlarini yanada soddalaştiriş töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, «Elektron navbat» avtomatlaştirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktidan harakatlaniş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Bunda xizmatdan foydalaniş uçun Bojxona qömitasining rasmiy veb-sayti yoki navbatlarni boşqariş tizimi joriy etilgan kutiş zonasida navbat oliş mumkin.
Avtotransport vositasi navbatlarni boşqariş tizimida belgilangan vaqtda yetib kelmaganda, olingan elektron navbat öz kuçini yöqotadi.
Şuningdek, qarorga köra, «Jismoniy şaxslarning Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktidan harakatlanişida «Fast-track» xizmatidan foydalaniş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Unga köra, xizmatdan foydalaniş uçun jismoniy şaxslar yoki yuridik şaxsning vakili Bojxona qömitasining rasmiy veb-sayti yoki elektron tölov tizimlari orqali harakatlanişdan oldin elektron yoki ötkaziş punktiga harakatlaniş çoğida oğzaki ravişda murojaat qiladi.
Xizmatdan foydalanadigan şaxslar hamda ularning qöl yuki va bagajlari nazorati uşbu xizmat uçun ajratilgan alohida joylarda davlat nazorati organlari tomonidan navbatsiz amalga oşiriladi, mazkur xizmatdan foydalanayotgan jismoniy şaxslar navbati bundan mustasno.
Xizmatdan foydalanganlik uçun tölov 18 yoşga tölgan har bir jismoniy şaxs uçun navbat olinadigan kundagi BHM 15 foizi miqdorida tölanadi.








