2 avgust kuni Olmaota şahrida Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston milliy triatlon federatsiyalarini öz içiga olgan Markaziy Osiyo Triatlon assotsiatsiyasining (CATA) ikkinçi kongressi bölib ötdi.

CATA prezidenti Galimjan Yesenov raisligida ötkazilgan kongressda CATA a'zolari – Özbekiston triatlon federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Farrux Nosirov, Qirğiziston triatlon federatsiyasi prezidenti Çingiz Alkanov va CATA boş kotibi Maksim Kryat iştirok etdilar. Kongressga faxriy mehmonlar, şu jumladan Eron triatlon federatsiyasi prezidenti Mahdi Gudzari va Afğoniston milliy triatlon federatsiyasi sport masalalari böyiça direktor örinbosari Naser Ahmadiy ham taklif etildi. Uçraşuv natijalariga köra yaqin kelajakdagi asosiy maqsadlar, aniq vazifalar belgilandi va bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.

Assotsiatsiya rejalaridan joy olgan muhim yönaliş – Markaziy Osiyo mintaqasini Osiyo qit'asida triatlonni rivojlantiriş va ommalaştiriş böyiça yetakçilar qatoriga kiritiş. Buning uçun CATA faoliyatini media-makonda faol yoritib boriş, mukammal me'yoriy-huquqiy baza yaratiş, triatlon sport turida iştirok qamrovini CATAga a'zo har bir mamlakatda aholining 1 foizigaça oşiriş va professional triatletlar va paratriatletlarni dunyoning Top-30 va Osiyoning Top-5 reytingiga kiritiş uçun tayyorlaş rejalaştirilmoqda.

Afğoniston Milliy triatlon federatsiyasi va Eron Triatlon federatsiyasining CATAga a'zo bölişi kongress a'zolari bir ovozdan qabul qilgan muhim qarorlardan biriga aylandi. Bir ovozdan qöllab-quvvatlangan taklif bilan Özbekiston triatlon federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Farrux Nosirov CATA vitse-prezidenti etib saylandi. Çingiz Alkanov CATA yetakçi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi. Delegatlar, şuningdek, Assotsiatsiya tizimida Huquqiy, Media, Raqobat va Paratriatlon qömitalarini yaratişga doir qaror qabul qildilar.  

Şuningdek, CATA şafeligida ötkaziladigan triatlon böyiça birinçi start 2019 yil 5 oktyabrga belgilandi. Uşbu tarixiy startning asosiy xususiyati şundaki, u transmilliy böladi, ya'ni poyga Çimkent şahrida 1,1 km suziş masofasidan boşlanadi, keyin sportçilar Çimkentdan Özbekiston poytaxtiga qadar 121 km masofani bosib ötib, musobaqa oxirida Toşkent köçalarida 11 km yuguradilar. Uşbu start Özbekistonda Qozoğiston yiliga bağişlanadi.

Paratriatlon böyiça CATA birinçi starti esa joriy yilning 22 sentabr kuni Qozoğistondagi Aktau şahrida bölib ötgan birinçi Osiyo kubogi doirasida ötkaziladi.