Otabek Umarov Özbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Bugun, 7 mart kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston triatlon federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov Konferensiyasi bölib ötdi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, Özbekiston triatlon federatsiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar, sportçilar hamda OAV xodimlari iştirok etişdi.
Kun tartibidan örin olgan eng asosiy masala federatsiya raisi va unga birinçi örinbosar saylaşdan iborat edi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Özbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimga Otabek Muhammadaliyeviç Umarov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya iştirokçilari bir ovozdan körsatilgan nomzodni qöllab-quvvatlaşlarini ma'lum qilişgan. Şu tariqa, Otabek Umarov Özbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Sobiq sportçi, triatlon böyiça köplab xalqaro musobaqalar iştirokçisi, hozirda tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan Farrux Nosirov esa federatsiya raisining birinçi örinbosari lavozimiga tasdiqlangan.

«Menga mana şunday imkoniyat berilganidan mamnunman. Yurtimizda triatlon sportini rivojlantirişga, uning ommaviyligini ta'minlaşga bor kuç-ğayratimni işga solaman. Yurtimizda iste'dodli sportçilar köp. Öylaymanki, ularni saralab olib, jahon arenalarida munosib iştirok etişlari va sovrindorlar qatoridan joy olişlarida tajribam asqotadi. Biz kelajakda Tokio Olimpiadasiga yöllanma olibgina qolmasdan, sovrindorlar qatoridan joy oladigan atletlar tarbiyalaşga va'da beramiz», – degan Farrux Nosirov.
Yiğiliş davomida MOQ rahbari Umid Ahmadjonov ham triatlon sportining faoliyatiga töxtalib ötgan.

«Tan oliş kerak, oxirgi paytlar triatlon böyiça maqtangudek natijalar yöq. Şu bois Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan uşbu sport turini yanada rivojlantirib, sportçilarning şuğullanişlari uçun zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratib beramiz. Öylaymanki, uşbu sport turi böyiça kelajakda jahon arenalarida munosib iştirok etadigan atletlar yetişib çiqadi», – degan Umid Ahmadjonov.












