Özbekiston triatlon federatsiyasi 7SABER sport kiyimlari brendi kömagida «Asian Sprint Triathlon Cup» musobaqasini ötkazmoqda. 9-10 oktyabr kunlari «Özekspomarkaz» MKK AJ hududida 30 mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq triatlonçilar örtasida eng kuçli sprinterlar aniqlanadi.

Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov voqea haqida şunday fikr bildirdi: «Bu yil milliy triatlon uçun haqiqiy ilğor yil böldi, u bir-ikki yil içida katta masofani bosib ötdi. Afsonaviy «IRONMAN LANZAROTE» doirasida iyul oyida bölib ötgan Jahon çempionatida sportçilarimizning aql bovar qilmas muvaffaqiyati köplab yigit-qizlarni ilhomlantirdi. Işonamanki, bölajak musobaqa bu gözal sport turini rivojlantirişga yanada katta hissa qöşadi. Barça iştirokçilarga muvaffaqiyat tilayman!» 

Musobaqa reglamentida quyidagi toifadagi sportçilar iştirok etişi közda tutilgan: professionallar «Elite» (23 yoşdan katta bölganlar) va U-15 (12-15), şuningdek havaskor (18-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44, 45-49, 50-54, 55-59, 60 va undan katta bölganlar).

«Şunisi e'tiborliki, Osiyo Kubogi bizning holatimizda faqat Osiyo mamlakatlari örtasidagi musobaqani anglatmaydi. Bu oçiq qit'alararo musobaqa bölib, unda masalan, Avstriya, Lyuksemburg, Polşa, Rossiya, Slovakiya, Çexiya va Şveytsariya kabi mamlakatlardan sportçilar öz iştiroklarini tasdiqlab ötişdi. Bundan taşqari, «Elite» toifasi eng kuçli triatlonçilarning iştirokini nazarda tutadi, bundan kelib çiqib aytiş mumkinki, yaqinlaşib kelayotgan Toşkentdagi musobaqa starti imkon qadar ajoyib bölişi kutilmoqda», - deya ta'kidlab ötdi, triatlon federatsiyasi Raisi Viktor Vladimiroviç Maxmudov.

9 oktyabr kuni professionallar «Asian Sprint Triathlon Cup»da bellaşişadi, ertasi kuni esa 150 ga yaqin havaskorlar öz kuçlarini sinab körişlari mumkin böladi. Ikkita distansiya belgilangan: 15 yoşdan oşgan sportçilar uçun (suziş 750 m, velosipedda bellaşuv 20 km, yuguriş 5 km) va 12-15 yoşli ösmirlar uçun (suziş 300 m, velosipedda bellaşuv 8 km, yugurişda 2 km).

Ta'kidlaş joizki, xorijiy texnik vakillar va xalqaro hakamlar kömagida xalqaro standartlar böyiça «Asian Sprint Triathlon Cup» oçiq musobaqasi Özbekistonda ilk bor ötkaziladi.

9-10 oktyabr kunlari musobaqaning boşlaniş vaqti: 9:00;

Tomoşabinlar va muxlislar uçun kiriş: bepul.