Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jörayev huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan qölga olingani haqida xabar qilingandi. Örganişlardan ma'lum bölişiça, u hali ham senat a'zosi hisoblanadi.

Endi holatga huquqiy jihatdan e'tibor qaratamiz.

Qonunçilikka köra, senatorning vakolatlari sudning ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan taqdirda muddatidan ilgari tugatiladi. Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jörayev hozirda qölga olingan, ammo sud jarayoni bölib ötgani yöq. Demak u hali-hanuz senat a'zosi.

Ikkinçidan, senator özining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega böladi. Senat a'zosi tegişli palataning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilişi mumkin emas. Umid qilamizki, u qölga olinayotgan çoğda huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari parlament roziligini olişgan.

Uçinçidan, senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş töğrisidagi masala Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegişli palatasi tomonidan ön kun içida hal etiladi. Bu masala hozirça oçiqligiça qolmoqda.

Senatning rasmiy saytida senatning roziligi yoki sobiq hokimning daxlsizlik huquqidan mahrum etilgani haqida ma'lumot topolmadik.