Bugun, 4 avgust kuni “Foriş” toğ poligonida V Xalqaro armiya öyinlari doirasi Özbekistonda ilk marotaba ötkazilayogan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.


Unda Özbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev hamda uning örinbosarlari, okrug qömondonlari, Rossiya mudofaa vaziri örinbosari armiya-generali Timur Ivanov, turli davlatlardan kelgan harbiy attaşelar, OAV vakillari hamda estrada yulduzlari iştirok etdi.


Bahodir Qurbonov birinçi bor Özbekistonda ötkazilayotgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovini oçib berdi va musobaqa iştirokçilariga muvaffaqiyat tilab, eng kuçli jamoa ğolib çiqişiga tilak bildirdi:
“Avvalambor aziz mehmonlarimiz, harbiy-tibbiy estafetasi qatnaşçilarini bizning mehmondöst diyorimiz va serquyoş yurtimiz — Özbekistonda samimiy qutlamoqçiman. Bugun biz öz mahoratini, harbiy xizmatga zarur bölgan eng oliy sifatlarini: malaka, qat'iy xarakter, professionallik va intizom, uyğunlikda va aniq harakatlana oliş hamda haqiqiy jangovar vaziyatda nafaqat muvaffaqiyat, balki birinçi navbatda insonlarning hayoti va soğligini belgilovçi tezda qaror qabul qiliş qobiliyatini namoyon etadigan harbiy-tibbiyot professionallari bellaşuviga start bermoqdamiz.
Şubhasiz, barça qatnaşuvçilar munosib tarzda sinovlardan ötib, özlarining yuqori professional mutaxassislar ekanliklarini yana bir bor tasdiqlaydilar.
Ijozatingiz bilan Özbekiston Respublikasida ötkazilayotgan ArMI—2019 Harbiy-tibbiy estafetasiga “start” berib, uni oçiq deb e'lon qilaman!”

















