«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoa mashg‘ulotlarida jarohat oldi. 

Klub matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, tibbiyot shtabi 32 yoshli futbolchining boldir mushaklari shikastlanganini aniqlagan. U qachon sog‘ayishi aniq emas.

Shunisi aniqki, Messi jamoa bilan 8 va 11 avgust kunlari AQShda «Napoli»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga bora olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KONMeBOL Leoni 3 oyga xalqaro o‘yinlardan chetlatgandi.