Şu yilning 24 avgust kuni poytaxtimizda AKFA universitetining tantanali oçiliş marosimi bölib ötadi. Tadbirda nafaqat yurtimizda faoliyat yuritayotgan tibbiyot sohasi mutaxassislari, professor-öqituvçilar va olimlar, balki xalqaro miqyosda öz örniga ega bölgan şifokorlar iştirok etişi kutilmoqda. Şulardan biri Harvard tibbiyot maktabi dekani örinbosari Doktor Erik K.Aleksandrdir.

Oçiliş marosimida professor nutq sözlab, universitetning kelgusi faoliyatiga omad tilaş istagida ekanini bildirgan. Taşrif davomida doktor Erik talaba yoşlar bilan uçraşib, Garvarda yaratilgan şaroitlar bilan taniştiradi. Şu bilan birga, u yoşlarga taqdim etilgan grantlar, Amerikaning maşhur klinikalarida tajriba almaşiş imkoniyati hamda talabalar almaşinuvi dasturi böyiça töliq ma'lumotlar beradi.  

Uzoq yillar davomida “Brigham&Women’s Hospital”da  faoliyat yuritgan mutaxassis buqoq kasalliklarini davolaş va profilaktika qiliş yönalişida bir qator ilmiy izlanişlar olib borgan. Uning 40 ziyod ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda çop etilgan.  

Professor Amerika treoid uyuşmasi direktorlar kengaşi a'zosi hisoblanadi. Harvard tibbiyot maktabi dekani örinbosari böliş bilan birga u, Brigham Education Institute ijroçi direktori hamda qalqonsimon bez kasalliklari bölimi rahbari hamdir.

Doktor Erikning Özbekistonga qilgan taşrifi davomida AKFA universiteti rahbariyati AKFA universiteti hamda Harvard tibbiyot maktabi örtasida AKFA universiteti talabalarining kelgusida talabalar almaşinuvi, hamda Harvard klinikalarida qisqa muddatli stajirovka ötaş dasturlari va boşqa hamkorlik loyihalari böyiça muzokaralar olib borişi rejalaştirilgan.

Uçraşuvlar AKFA Medline köp tarmoqli tibbiyot markazida bölib ötadi. Uning doirasida tinglovçilar özlarini qiziqtiran savollariga batafsil javob olişlari mumkin.

Yorqin kelajakka yuz tutgan AKFA universitetining bölğusi bitiruvçilari xalqaro maydonda bor iste'dodini körsata oliş bu juda katta imkoniyat. 

Reklama huquqi asosida