O‘zbekiston | 18:31 / 06.08.2019
16110
3 daqiqa o‘qiladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hokimliklar tomonidan biznesni kamsitishning navbatdagi holati haqida xabar berdi

Foto: Fotolia

Andijon viloyati Asaka tumani hokimligi “Qishloq Qurilish Invest” injiring kompaniyasi Andijon filiali direktori nomiga joriy yilning 7 yanvarida yuborgan xatida Asaka tumani Humo ko‘chasida va “Amir Temur” mavzesidagi 2ta to‘rt qavatli uy-joy binosini qurilishi uchun tavsiya qilingan “Shahrixon Yulduzi” MChJ va “Sapfir Bo‘stoni” MChJ o‘rniga “Mohir me'mor quruvchi” MChJ va “Ideal Bunyodkor” MChJni bosh pudratchi sifatida almashtirishni so‘ragan va bu bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yana bir holat Qashqadaryo viloyatida ko‘rib chiqildi. Unda Dehqonobod tumani hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga joriy yilning 13 aprelida yo‘llagan xatida dolomit qazib olish uchun “KVARTS” AJ geologik qidiruv ishlarini olib borishlari uchun litsenziya olish bo‘yicha tanlovda g‘olib chiqqan taqdirda ham, Dehqonobod tumanida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganidan keyin, yer ajratilishi to‘g‘risida kafolat xati berilishi “KVARTS” AJ ga ortiqcha, kamsituvchi shartlarni qo‘yilishga olib kelgan.

Bugungi kunga kelib, Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikaning 56 ta shahar va tumanlarida o‘rganishlar o‘tkazilib, 218 ta holatda mahalliy hokimliklar tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilingani hamda raqobatni cheklovchi xatti- harakatlarni sodir etish alomatlari aniqlangan.

Natijada, 37 ta shahar va tuman hokimliklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini buzish alomatlari bo‘yicha ishlar yurituvga olinib, Maxsus komissiyalarda ko‘rib chiqildi, tegishli taqdimnomalar kiritildi, raqobatni cheklashga olib kelgan 10 ta hujjat bekor qilindi.

Mavzuga oid