Joriy yil 26 iyul kuni Senatda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Koreya Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Kan Çje Kvon bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, uçraşuvda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş, parlament faoliyati yuzasidan tajriba almaşiş masalalari muhokama etildi. Tomonlar Özbekiston va Janubiy Koreya parlamentlari hamkorligi ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilişi lozimligini ta'kidladi.

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati

Kan Çje Kvon Özbekistonda prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan va bugun özining samarali natijalarini berayotgan keng kölamli islohotlar hamda yangilanişlarga yuqori baho berdi. Özbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ikki davlat rahbarlarining yaqin aloqalari tufayli ildam rivojlanayotganligi ta'kidlandi, deyiladi xabarda.

Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi boşçiligida parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga bölajak taşrifini taşkil etiş masalalari ham muhokama qilingan.

Uçraşuv yakunlangaç, tomonlar ikki mamlakat xalqlari örtasidagi döstlik va hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun barça çoralar körişga tayyorligini bildirgan.