Eldor Shomurodov – TsSKA nishonida. Ammo uning agenti bu taklif ko‘rib chiqilmasligini aytdi

TsSKA hujumchi Fyodor Chalovni sotib yuborgan taqdirda uning o‘rniga «Rostov»dan Eldor Shomurodovni xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Betting Insider Moskva klubiga yaqin manbasiga tayanib xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, «Rostov» ayni paytda o‘zbekistonlik hujumchisi bilan xayrlashish niyati yo‘q.
Shomurodovning agenti Kaxor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Eldor rus klublariga o‘tmoqchi emas.
«TsSKA – Rossiyaning eng obro‘li jamoalaridan, lekin biz RPL klublari takliflarini ko‘rib chiqmaslikka kelishib olganmiz. U o‘zini Yevropada sinab ko‘rmoqchi.
Bunday takliflar bor. Ammo biz «Rostov»ni hurmat qilgan holda transfer shartlari va vaqti bo‘yicha qarorni ular qabul qilishlari kerak, deb hisoblaymiz», – dedi agent «Sport-Ekspress» muxbiri bilan suhbatda.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli Shomurodov Rossiya chempionatining ortda qolgan 4ta turida qatnashib, 3ta gol urdi. U iyun oyida klubi bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolagan edi.
Qo‘shimcha qilish joiz, so‘nggi xabarlarda TsSKA Fyodor Chalovni tarkibda saqlab qolishga qaror qilgani aytilmoqda. Shu bois harbiylar klubi «Kristal Pelas»ning 23 mln funtlik taklifini rad etgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

18:58 / 21.06.2025
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?

20:54 / 10.06.2025
O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

20:32 / 06.06.2025