Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 avgustdagi «Bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentiga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi №651-sonli qarori qabul qilindi.
Hukumatning uşbu qaroriga köra, 2019 yil 7 iyundagi 469-sonli qaror bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentiga özgartirişlar va qöşimçalar kiritilmoqda.
Jumladan Ma'muriy reglamentga quyidagiça özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan:
Asosiy kvota — tuman (şahar) hokimliklari tomonidan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning maktab yoşidagi farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bölgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar sonini inobatga olgan holda şakllantiriladi.
Qöşimça kvota — umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib çiqib, tegişli mikrohudud böyiça asosiy kvotaga tuşmagan bolalar uçun ajratiladi.
Bolalarni umumta'lim muassasalariga qabul qilişda davlat xizmatlari körsatilganligi uçun yiğim undirilmaydi.
Bolalarni umumta'lim muassasalariga asosiy kvota böyiça qabul qiliş reglamentning ilovasida keltirilgan sxema böyiça amalga oşiriladi.
Bolalarni umumta'lim muassasalariga qöşimça kvota böyiça qabul qiliş Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy örta ta'lim töğrisidagi Nizomga muvofiq belgilangan umumiy talablar asosida tegişli umumta'lim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oşiriladi.













