Janubiy Kurilning tört oroli Tokio Olimpiadasi rasmiy saytida Yaponiyaning bir qismi sifatida körsatildi. Olimpiya olovi yönalişi xaritasida Kunaşir, Şikotan, Iturup va Xabomai orollari Xokkaydo prefekturasi tarkibida körsatilgan.
Yaponiya 1822 yilgi savdo va çegaralar töğrisidagi traktatga asoslanib Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomai orollariga da'vogarlik qilib keladi. Moskva esa Ikkinçi jahon uruşi yakunlariga köra bu orollar SSSR tarkibiga kirganligi va orollarga egalik huquqi Rossiyada ekanligini ta'kidlaydi.
2018 yil sentyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya boş vaziri Sindzo Abega "heç qanday şartlarsiz " tinçlik şartnomasi tuzişni taklif qildi. Yaponiya boş vaziri bu taklifni qabul qilib bölmaydigan deb atadi.
2019 yil iyunda Putin Rossiya Janubiy Kuril orollarini bermasligini, hukumat bu hududni rivojlantirmoqçi ekanligini ma'lum qildi.












