Yaponiya taşqi işlar vazirligi 2003 yildan beri birinçi marta Kuril orollarini Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar deb atadi.

Mamlakat taşqi işlar vazirligining «Diplomatiyaning kök kitobi» deb nomlanuvçi yillik hisobotida orollarga ana şunday baho berildi.

Moskva bunday baholaşni Rossiya va Yaponiya örtasidagi tinçlik kelişuvi yölidagi yana bir tösiq deya ta’kidladi.

“Yaponiya döst bölmagan mamlakatga aylangan va Rossiyaga nisbatan qator ğanimlarça harakatlarga qöşilgan hozirgi vaqtda muzokaralar jarayonini davom ettiriş töğrisida gapiriş juda-juda qiyin. Barça tört orol Rossiya hududining ajralmas qismi hisoblanadi”, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Rossiya taşqi işlar vazirligi yanvarda Tokioga tinçlik kelişuvi loyihasini taqdim etganini ma’lum qilgandi. Martda, Yaponiya Rossiyaga qarşi sanksiyalarga qöşilganidan söng Moskva muzokaralarni davom ettirmasligini bildirdi.

Yaponiya Habomai orollar guruhi hamda Kunaşir, Şikotan va Iturup orollarini özining şimoliy yerlari deb biladi. Ularning umumiy maydoni 5 ming kv. kilometrga yaqin.

Rossiya Janubiy Kuril ikkinçi jahon uruşi natijalariga köra RSFSRning bir qismiga aylanganini ta’kidlab keladi.